Xorazm viloyatidagi tayanch DMTTlarda muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Metodik mahorat kuni” tadbirlari 2025-yil 6-may sanasida yana bir bor metodik yangiliklar, tajriba almashinuvi va amaliy rivojlanish platformasiga aylandi. Ushbu kun doirasida: • ilg‘or pedagoglar tomonidan ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazildi; • metodik yangiliklar taqdim etildi; • interaktiv muhokamalar va amaliy sessiyalar tashkil etildi; Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazining fan metodistlari tomonidan bevosita amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi. Tadbirning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy metodik yondashuvlarni ommalashtirish hamda hududiy DMTTlar o‘rtasida uzviy tajriba almashinuvi tizimini mustahkamlashdir. “Metodik mahorat kuni” – bu an’ana, bu o‘sish, bu kelajak sari ishonchli qadam.