{if $news_id} {if {image} != ""} {/if} {else} {/if}
Boshqarma haqida
Normativ hujjatlar
Interaktiv xizmatlar
Axborot xizmati
Bog‘lanish
Qabulga yozilish →

Pedagogik salohiyatni oshirish sari navbatdagi muhim qadam

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida ta’lim tizimi uchun dolzarb bo‘lgan ilmiy-amaliy uchrashuv va trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. ????Tadbirda ta’lim sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan mutaxassislar ishtirok etdi: Mirfozil Mirzahmedov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, matematik olim, bir qator darslik va ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar muallifi; Iroda Soibova – xalqaro darajadagi trener, tajribali pedagog-metodist, amaliy o‘quv dasturlari va metodik tavsiyalar muallifi. Uchrashuvda: Interaktiv va amaliy trening mashg‘ulotlarida qatnashdilar; Yangi pedagogik texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashdilar; Ochiq muloqotlar, savol-javoblar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdilar. ⚡️Tadbir ishtirokchilarini Pedagogik mahorat markazi direktori Salayev Jasurbek Komilovich samimiy kutib oldi hamda o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi. Pedagogik mahorat markazi – sifatli ta’lim sari ishonchli hamkorlik maydoni.
📅 5-05-2025, 11:41 👁 251