Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Salayev Jasurbek Komilovich boshchiligidagi delegatsiya Tog‘li Qorabog‘ mintaqasiga tashrif buyurdi. Uchrashuvlar davomida delegatsiya Fuzuliy shahrida Ozarbayjon va O’zbekiston davlatlari  do’stligi, qardoshligi va birdamligi ramzi bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrifning navbatdagi manzili esa — Qorabog‘ Universiteti bo‘ldi. Bu yerda Markaz direktori Jasurbek Salayev va Universitet rektori Shahin Vagif o‘g‘li Bayramov o‘zaro samarali suhbat o‘tkazishdi. Uchrashuv davomida o‘quv, ilmiy va ma’naviy yo‘nalishlardagi hamkorlik, shuningdek, ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha istiqbolli dasturlar muhokama qilindi.
Bu tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi!


25-04-2025, 11:49
Ko'rishlar: 29
Sahifani chop etish

Veb saytni baholang

{calendar}