“Zakovat” intellektual o‘yini

“Zakovat” intellektual o‘yini



BUGUN, 6-may kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazining «Aniq va tabiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi Jabbarov Bekchan Boyjanovich tomonidan kurs tinglovchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.????Ushbu tadbir tinglovchilarning mantiqiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish, bilim darajasini mustahkamlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi. Qiziqarli savollar, faol ishtirok va sog‘lom raqobat muhitida o‘tgan “Zakovat” o‘yini barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.⚡️Bunday tashabbuslar nafaqat bilimni mustahkamlash, balki pedagoglar o‘rtasida sog‘lom muhit yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
7-05-2025, 11:40
Sahifaga qaytish