Xalqaro hamkorlik yo‘lida yangi qadamlar

Xalqaro hamkorlik yo‘lida yangi qadamlar

Xalqaro hamkorlik yo‘lida yangi qadamlar

admin
????28-aprel kuni Pedagogik markazimizda Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Folklor instituti direktori, professor Hikmat Guliyev hamda professorlar Aynur Ibrohimova va Ilhama Qassabovalarning tashrifi bo‘lib o‘tdi. Hurmatli mehmonlarni Markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich samimiy kutib oldi.
????Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning mustahkamlanib borayotgani, ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari hamda ta’limiy yondashuvlarning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
????Mehmonlar Markazda ta’lim olayotgan musiqa fani o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etish, tajriba almashish va malaka oshirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.
⚡️Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollariga keng yo‘l ochdi.

29-04-2025, 11:45
Sahifaga qaytish