Jasurbek Salayev Komilovich
Tel: (0-362) 223-89-43
(0-362) 223-89-65
Faks: (0-362) 223-89-23
Email:
Veb-sayt: http://xmoi.uz
Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahar, Ulug’bek ko’chasi,
3-yo’lak, 15-uy. 220100
Milliy markazimiz 1938 yil avgust oyida Xorazm oblast xalq maorifi bo`limi qoshida oblast metodika kabineti sifatida tashkil qilinib, 2 nafar pedagog hodim (1 nafar metodist, 1 nafar metod kabinet mudiri – Zaripboy Husainov) bilan o`z ish faoliyatini boshlagan.
1938 yil avgustdan 1952 yil 16 sentabrgacha Oblast Pedagogika Kabinetini Zaripboy Husainov, Matkarim Aminov, Lev Davidovich Magazinnik, Sobir Karimov, Matkarim Husainov, Sharip Ollayorov, Sobir Sharipov, Afzal Ibragimov, Raqiya Hasanova va Tatyana Sergeevna Krasnoyarskayalar boshqargan.
Oblast xalq ta`limi bo`limining 1952 yil 16 sentabr 204 – sonli buyrug`iga asosan oblast pedagogika kabineti negizida oblast o`qituvchilar malakasini oshirish instituti tashkil qilindi. Uning birinchi direktori Tatyana Sergeevna Krasnoyarskaya edi. Institutning dastlabki kurslari o`tkazilib, 10 ta fan bo`yicha 480-520 nafar o`qituvchining malakasi oshirilgan.
Milliy markazimizga rahbarlik qilgan pedagoglar:
Sharipov Sabir(1953-1957), Xo`jayev Abdulla(1958-1963), Bekchanov Ro`zimboy(1963-1970), Nurmetov Yo`ldosh(1970-1978), Matkarimov Ahmadjon(1976 y,5 oy davomida), Niyozov Zaripboy(1978-1981), Xudayberganov Matrasul(1981-1983),Beregina Muhabbat(1984-1992), Nurimov Quramboy(1992-1995), Bobojonov Yo`ldosh(1995-2000), Sotliqov Tohirjon(2000,2004-2005), Asqarov Olimboy(2000-2004), Sultanov Bahodir (2005-2018), Saidov Yuldash (2018 — 2024), Salayev Jasurbek Komilovich 2024 yil sentabrdan h.v
Milliy markazimiz faoliyati:
Markazimizda 6 ta kafedra, 8 ta bo`lim mavjud bo`lib unda 81 nafar o`qituvchi va xodimlar mehnat qiladilar. Mahorat markaz tashkil qilingan paytda muassasaning ilmiy salohiyati 19% ni tashkil qilar edi(Asosiy shtatda 10 nafar fan nomzodi). Universitetdan yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni saralab olish va jalb qilish natijasida hududiy markazning hozirgi kundagi ilmiy-pedagogik salohiyati 34% ni tashkil qilmoqda.
Hozirgi kunda mahorat markazning ilmiy salohiyatini yanada yaxshilash bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, markazning 6 nafar professor-o`qituvchisi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda (2 nafarining ilmiy ishi himoyasi 2023 yilga, 1 nafariniki 2024 yilga, 1 nafariniki 2025 yilga rejalashtirilgan). Yana 5 nafar yosh o`qituvchilarning ilmiy mavzulari joriy yilda tasdiqlanib, ularga rahbarlari rozilik xatlari olingan. Bundan tashqari universitet professor-o`qituvchilarini jalb qilish orqali hududiy markazning ilmiy salohiyatini yanada oshirib borish rejalashtirilgan. 2022 yilda professor-o`qituvchilar tomonidan 21 ta ilmiy va ilmiy uslubiy maqolalar chop qilingan. Shundan 6 tasi Rossiya va Ukraina ilmiy jurnallarida. 2022-2023 yilda 40 ta ilmiy va ilmiy uslubiy maqola va 3 ta uslubiy qo`llanma chop kilinishi rejalashtirilgan.Xozirgacha 1 ta uslubiy qo`llanma chop qilish uchun tayyorlangan va 17ta maqola chop kilingan.
Har yili markazimizda 30 ga yaqin toifa bo`yicha 17000 nafardan ziyod rahbar va pedagoglarni 30 va 36 -soatga mo’ljallangan kurslarda malakasi oshiriladi. Bundan tashqari 2022-2023 o’quv yilida Matematika, Ingliz tili va Rus tili yo’nalishlarida kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari yo’lga qo’yildi.
Mahorat markazi 500 o`rinli o`quv binosi eng oxirgi talablar asosida ta`mirlangan. 100 o`rinli barcha qulayliklarga ega yotoqxona binosi, 2 ta(voleybol va basketbol) maydonchalari mavjud.