
Ushbu kun doirasida:
• ilg‘or pedagoglar tomonidan ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazildi;
• metodik yangiliklar taqdim etildi;
• interaktiv muhokamalar va amaliy sessiyalar tashkil etildi;
Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazining fan metodistlari tomonidan bevosita amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy metodik yondashuvlarni ommalashtirish hamda hududiy DMTTlar o‘rtasida uzviy tajriba almashinuvi tizimini mustahkamlashdir.
“Metodik mahorat kuni” – bu an’ana, bu o‘sish, bu kelajak sari ishonchli qadam.