
Tashrifning navbatdagi manzili esa — Qorabog‘ Universiteti bo‘ldi. Bu yerda Markaz direktori Jasurbek Salayev va Universitet rektori Shahin Vagif o‘g‘li Bayramov o‘zaro samarali suhbat o‘tkazishdi. Uchrashuv davomida o‘quv, ilmiy va ma’naviy yo‘nalishlardagi hamkorlik, shuningdek, ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha istiqbolli dasturlar muhokama qilindi.
Bu tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi!