O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.06.2019 yildagi 532-son



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH QO‘MITASI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-martdagi PF-5696-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)1. Quyidagilar:Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)Oldingi tahrirga qarang.(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)Veterinariya xizmati mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.2. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzurida Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Markaz Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Samarqand viloyati, Samarqand shahri, M. Ulug‘bek ko‘chasi, 77-uy manzilidagi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini hamda uning o‘quv va moddiy-texnika bazasidan foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar;xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.6. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.Oldingi tahrirga qarang.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOVToshkent sh.,2019-yil 27-iyun,532-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga
1-ILOVAOldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi to‘g‘risidagiNIZOM(1-ilovaning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
1-bob. Umumiy qoidalarOldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)2. Qo‘mita veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.3. Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi.4. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.5. Qo‘mita o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.6. Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.7. Qo‘mita, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) va tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda tuman (shahar) bo‘limlari deb ataladi) hamda Qo‘mita tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutasidagi hisob raqamlariga hamda veterinariya ramziga ega bo‘ladi.8. Qo‘mitaning rasmiy nomi:a) davlat tilida:Oldingi tahrirga qarang.
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, qisqartirilgani — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi;(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)b) ingliz tilida:to‘liq nomi — State Committee of Veterinary and livestock development of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — State Committee of Veterinary and livestock development;v) rus tilida:to‘liq nomi — Gosudarstvenniy komitet veterinarii i razvitiya jivotnovodstva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani — Goskomveterinarii i razvitiya jivotnovodstva.9. Qo‘mitaning joylashgan joyi (pochta manzili): 100123, Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 21a-uy.2-bob. Qo‘mitaning tuzilmasiOldingi tahrirga qarang.
10. Qo‘mita huzuridagi “Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi” davlat muassasasi va “O‘zzoovetta’minotxizmat” davlat unitar korxonasi.(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)11. Qo‘mita va uning tizimiga kiruvchi tashkilot va muassasalarning tasdiqlangan tuzilmalarida belgilangan boshqaruv xodimlari veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalarining xodimlari hisoblanadi.3-bob. Qo‘mitaning asosiy vazifalari va funksiyalari1-§. Qo‘mitaning vazifalari va funksiyalari12. Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ushbu sohada davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish;veterinariya sohasi va chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;mamlakat hududlarini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta’minlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish;epizootik osoyishtalikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, tashxis qo‘yish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligini monitoring qilish;chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmlarini amalga oshirish, chorvachilik xo‘jaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirishni tashkil etish hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish;chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash ishlarini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtirish;veterinariya va naslchilik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifati va muomalasi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;veterinariya va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalarini veterinariya va naslchilik-seleksiya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish;chorvachilik mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, veterinariya va chorvachilik sohalariga xorijiy investitsiyalar va grant mablag‘larini jalb qilish;soha kadrlarini tizimli tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish, rahbar hamda mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish.13. Qo‘mita o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:a) veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ushbu sohada davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish sohasida:veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan epizootik barqarorlikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, tashxis qo‘yish va tarqalishining oldini olish, veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini ta’minlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni tashkil etish va yuritish, chorvachilikda sun’iy urug‘lantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini tashkil etish va rivojlantirish, chorvachilik xo‘jaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirish ustidan davlat nazoratini ta’minlash hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish, chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarda hisob va hisobot yuritilishini hamda mol-mulk saqlanishini, hisobga olinishini va hisobdan chiqarilishini ta’minlash, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini ko‘radi;Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini, balanslarini ko‘rib chiqadi, umumlashtiradi, yig‘ma balanslar tuzadi va ularni tegishli organlarga taqdim etadi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini tartibga solish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;hududiy boshqarmalar to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining nizom (ustav)larini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida xorijiy davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etadi hamda xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi;veterinariya va naslchilik-seleksiya sohasida xorijiy davlatlar tajribalarini tahlil qiladi hamda ularning qonunchilik sohasidagi yutuqlaridan foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;xorijiy davlatlarning veterinariya xizmatlari bilan veterinariya sohasida axborotlar almashinuvini amalga oshiradi va veterinariya sertifikatlari namunalarini belgilangan tartibda kelishadi;xalqaro va xorijiy davlatlarning nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ularning vakolatxonalari va filiallari tomonidan veterinariya va naslchilik-seleksiya sohasiga oid tadbirlarning belgilangan tartibda o‘tkazilishini tashkil etadi;veterinariya sohasiga oid xalqaro shartnomalarni ishlab chiqishda va ularning ijrosini ta’minlashda ishtirok etadi;veterinariya va naslchilik-seleksiya sohasiga oid xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;o‘ziga bo‘ysunuvchi tuzilmalari orqali veterinariya va chorvachilik sohasida boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi va qo‘shma tadbirlarni amalga oshiradi;veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini beradi;davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnoma, veterinariya guvohnomasi va veterinariya sertifikatini beradi;ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining hamda ushbu sohadagi mahsulot va xomashyolarni qayta ishlash, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchilar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi yuzasidan veterinariya-sanitariya xulosalarini beradi;bozorlarda, savdo tashkilotlarida va boshqa savdo obyektlarida ushbu sohadagi mahsulot va xomashyoni, shuningdek bozorlarda realizatsiya qilinadigan o‘simlik, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash hamda realizatsiya qilishga veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasini beradi;fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilinishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;Qo‘mita tizimi faoliyatiga oid gazeta va jurnallar chiqarilishini, tegishli ruxsatnomalar blankalari, sohaga tegishli kitob, byulleten va qo‘llanmalar chop etilishini hamda butunjahon Internet tarmog‘ida veb-sayt yuritilishini tashkil etadi;b) veterinariya sohasi va chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:respublika hududida paydo bo‘lish xavfi bo‘lgan hayvonlar kasalliklarini tahlil qilish, ularni oldini olish va tugatishga doir dasturlarni ishlab chiqadi;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining kelgusida rejalashtiriladigan ishlarini prognozlashtirish, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sohani rivojlantirishning davlat va mahalliy dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshiradi;chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish choralarini ko‘radi;naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtiradi hamda chorvachilikning barcha tarmoqlari va naslchilik-seleksiya ishlari bo‘yicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;“Qorako‘lchilik” Respublika uyushmasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi va “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etilishini ta’minlaydi;v) mamlakat hududlarini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta’minlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida:hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, hayvonlardan olinadigan mahsulot va xomashyo xavfsizligini ta’minlashda idoraviy hamda ishlab chiqarish veterinariya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish, ularni davolash va oldini olish tadbirlari bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning veterinariya sohasiga oid faoliyati yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvlar o‘tkazadi;ixtisoslashgan so‘yish korxonalari hamda hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek, ushbu sohadagi mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash hamda ularningsavdosi bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasiga oid faoliyat yuzasidan belgilangan tartibda boshqa nazorat ishlarini amalga oshiradi;mamlakatimiz hududiga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta’minlash, hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etadi, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqaradi;chegara oldi tumanlarda va chegaradosh davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat to‘g‘risida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qiladi, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirishda zarur tavsiyalar beradi;hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish ishlarida eng zamonaviy va tezkor usullarni joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;g) epizootik osoyishtalikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, tashxis qo‘yish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligini monitoring qilish sohasida:mahsulot va xomashyolarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga asosan ekspertizadan o‘tkazish tartiblarini belgilaydi va ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;hayvonlar o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga chalinganligi xususida shubha mavjud bo‘lgan taqdirda, zarur chora-tadbirlarning bajarilishini o‘rganadi va muvofiqlashtiradi;belgilangan tartibda veterinariyaga oid statistika hisobotini yuritilishi va taqdim etilishini talab qiladi;davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda epizootiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishini ta’minlaydi;ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmalari bilan birgalikda epizootik osoyishtalikni ta’minlashga doir tadbirlarni tashkil etadi;kasalliklarning kelib chiqishi va hayvonlarning nobud bo‘lishi sabablarini tahlil qiladi, ularning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va ularni tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi va ilm-fan yutuqlarini o‘rganadi, ma’lumotlarni umumlashtiradi hamda davlat veterinariya xizmati tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;belgilangan tartibda veterinariya dori vositalari va boshqa moddiy-texnika resurslarining zaxirasini yaratadi;Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari bo‘yicha profilaktika, tashxis qo‘yish va tugatish tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan veterinariya dori vositalarini hamda moddiy-texnika vositalarini belgilangan tartibda xarid qiladi va markazlashtirilgan holda taqsimlaydi;epizootik holat yuzasidan monitoring olib boradi;d) chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmlarini amalga oshirish, chorvachilik xo‘jaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirishni tashkil etish hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish sohasida:chorvachilik xo‘jaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;chorvachilik xo‘jaliklaridagi shartli mol bosh soniga nisbatan yer maydonlarini ajratilishi va ulardan samarali foydalanish monitoringini amalga oshiradi;paxta va g‘alla ekin maydonlariga almashlab ekiladigan chorva ozuqasi uchun ekinlarning to‘liq ekilishi hamda yetishtiriladigan hosilning chorvachilik xo‘jaliklari va aholiga tizimli yetkazilishini monitoring qiladi;e) chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash ishlarini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtirish sohasida:chorvachilikda sun’iy urug‘lantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini tashkil etadi va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtiradi;qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha joylashtirish rejalarining bajarilishini o‘rganadi;fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun chorva naslchiligi xizmati ko‘rsatishni tashkil etadi;hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;Oldingi tahrirga qarang.
aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda parvarish qilinayotgan chorva mollarini sug‘urtalashda vositachilik vazifalarini bajaradi.(13-band “e” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)j) veterinariya va naslchilik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifati va muomalasi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini amalga oshiradi;respublika hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilari olib kirilishidan muhofaza qilish, shuningdek, hayvonlar, ushbu sohaga mansub mahsulot va xomashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalarni tayyorlash, olib o‘tish (tashish), eksport va import qilish bo‘yicha davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti uchun rasmiylashtiriladigan veterinariya hujjatlari berilishini nazorat qiladi;mahsulotlar va xomashyolarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishi bo‘yicha davlat veterinariya nazoratini olib boradi;xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda litsenziya beradi, shuningdek litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;davlat va idoraviy veterinariya xizmatlari, ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmalarining veterinariya sohasiga oid faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini sifatli va tizimli ravishda tashkil etish bo‘yicha tegishli davlat boshqaruv organlari bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;jismoniy va yuridik shaxslardan epizootiyaga qarshi tadbirlar, davolash, veterinariya-sanitariya tadbirlarining bajarilishini talab qiladi;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar shakllarini tasdiqlaydi va uning muddatlarini belgilaydi;veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ularning veterinariya ekspertizasi va sinovi natijalariga ko‘ra davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi hamda ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarini beradi;veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishi va tayyorlanishini o‘rganadi va nazorat qiladi;veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qo‘shimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;Oldingi tahrirga qarang.
naslchilik korxonalari va xo‘jaliklari tomonidan yetkazib beriladigan nasldor hayvonlarning sifat (nasl) ko‘rsatkichlari to‘g‘ri aniqlanganligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;nasldor hayvonlardan oqilona foydalanish, hayvonlar va ularning urug‘lari eksport va import qilinishini nazorat qiladi;chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarning yuritilishini nazorat qiladi;mulkchilik shaklidan qat’i nazar naslchilik ishlari bilan shug‘ullanuvchi chorvachilik subyektlari faoliyatini nazorat qiladi;chorva hayvonlarining zoti bo‘yicha rayonlashtirilishini nazorat qiladi;naslchilik xo‘jaliklaridagi nasldor chorva hayvonlarining hisobini ro‘yxatdan o‘tkazilishini hamda seleksiya jarayonida foydalanadigan naslchilik resurslarining kelib chiqishi, mahsuldorligi va turi bo‘yicha sifatli baholanishini nazorat qiladi;naslchilik bilan shug‘ullanuvchi chorvachilik xo‘jaliklariga yer maydonlari ajratilishini va ulardan samarali foydalanilishini hamda korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem, sheluxa, shrot mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qiladi;naslli mahsulotlarni (material) ishlab chiqarilishini va uning texnologik jarayonlari tashkil etilishini nazorat qiladi;chorvachilik yo‘nalishidagi asosiy ustuvor vazifalar va ishlab chiqilgan dasturlarning joylardagi ijrosi tizimli ravishda tashkil etilishini nazorat qiladi”;(13-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)z) veterinariya va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalarini veterinariya va naslchilik-seleksiya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish sohasida:veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish choralarini ko‘radi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilaydi;fundamental, ilmiy-amaliy tanlovlar va innovatsion ilmiy tadqiqotlarda qatnashish uchun taqdim etilgan ilmiy loyihalarning ekspertizasida ishtirok etadi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya sohalarida davlat grantlari asosida va xalqaro hamkorlik doirasida o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish, davolash va profilaktikasi hamda naslchilik-seleksiya ishlarining eng zamonaviy, samarali usullarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazadi, shuningdek ularni amaliyotga joriy etishni tashkillashtiradi;ilm-fan, ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar shu jumladan, xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali veterinariya xizmati faoliyatiga ilg‘or texnologiyalar va ish uslublarini joriy etadi, veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya masalalari bo‘yicha ilmiy anjuman va konferensiyalarni tashkillashtirish va o‘tkazishda ishtirok etadi;hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish, ozuqalarning, shuningdek chorvachilik obyektlarida ichimlik suvining sifatini baholash maqsadida laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazish tartibini belgilaydi;odamlar va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilishda boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;xorijiy va chegaradosh davlatlardagi hamda respublika hududidagi epizootik holatdan kelib chiqib, epizootiyaga qarshi profilaktika tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi;chorvachilik fermer xo‘jaliklari va ularning mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishning xalqaro tan olingan tizimini joriy etishda boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi.i) chorvachilik mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, veterinariya va chorvachilik sohalariga xorijiy investitsiyalar va grant mablag‘larini jalb qilish sohasida:sohaga taalluqli normativ hujjatlarni va standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va xalqaro standartlarga uyg‘unlashtiradi;veterinariyada sertifikatsiyalashning talablarini ishlab chiqadi;standartlarni amaliyotga joriy etish va unga amal qilinishini nazorat qiladi;sohaga taalluqli normativ hujjatlar va standartlarning yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;sinov laboratoriyalarini o‘tkazishda tegishli organlar bilan hamkorlik qiladi;akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarining reyestrini shakllantiradi va yuritadi;naslchilik zavodi, naslchilik xo‘jaligi va naslchilik fermalarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazadi;seleksiya yutug‘i ekspertizasi va sinovini belgilangan tartibda o‘tkazadi;naslchilik mahsuloti (materiallari)ga belgilangan tartibda sertifikatlar beradi;naslchilik zavodi, xo‘jaligi va fermalarida zamonaviy usullar bilan chorva mollarining mahsuldorligini oshirish, nasldorlik sifatlarini takomillashtirish, hisobga olish va hisobot ishlarini yuritish, chorva mollarni belgilar majmui bo‘yicha baholashni (bonitirovka) amalga oshiradi;manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda naslchilik ishlarida foydalaniladigan texnologiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarishda va import bo‘yicha sotib olishda, yangi texnologik asbob-uskunalar va maxsus transportlar yaratilishida ishtirok etadi;davlat, idoraviy va xususiy sektorlarda naslchilik ishlari mutaxassislari faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;k) soha kadrlarini tizimli tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish, rahbar hamda mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish sohasida:zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda, veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirishni tashkil etadi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim yo‘nalishlarini akkreditatsiya qilishda, ularning pedagog va ilmiy xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi;kadrlar ishini yuritish, veterinariya, chorvachilik va naslchilik mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantiradi va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;qonun hujjatlarida belgilangan tartibda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligi va malakasi bo‘yicha egallab turgan lavozimiga munosibligi yuzasidan ularni attestatsiyadan o‘tkazadi;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzod kadrlar nomenklaturasini yuritadi;kadrlar salohiyatini o‘rganish va tahlil qilish asosida mintaqaviy xususiyatlarni va iqtisodiyotning real sektori aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasiga oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha har yilgi qabul kvotalariga takliflar kiritadi;kadrlarning xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalarida veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkillashtiradi;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalaridagi rahbar va mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.Qo‘mita qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.14. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Qo‘mita tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar orqali amalga oshiradi.2-§. Qo‘mita markaziy apparatining vazifalar va funksiyalari15. Quyidagilar Qo‘mita markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash;Qo‘mita hamda tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash;Qo‘mita faoliyati sohasiga tegishli masalalarda vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining yig‘ilishlarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish;Qo‘mita xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;Qo‘mitaning markaziy apparati va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga ko‘ra zarur chora-tadbirlarni ko‘rish;Qo‘mitaning markaziy apparati va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va erkinligini ta’minlash;jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni samarali ta’minlash, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, Qo‘mita rahbariyati va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar, ushbu sohadagi dasturiy-uslubiy va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish bo‘yicha xalqaro xorijiy tadbirlarda Qo‘mitaning vakillarining ishtirokini ta’minlash;Qo‘mita hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisining qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-ahloq hamda ma’naviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, nazoratdagi tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi ilg‘or xorijiy tajriba va ilmiy-texnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni o‘rganishni tashkil etish, ushbu sohani rivojlantirishda mazkur tajribani joriy etish;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida xalqaro seminarlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar o‘tkazilishini tashkil etish hamda boshqa tashkilotlar o‘tkazadigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni ta’minlash.16. Qo‘mita markaziy apparati unga yuklatilgan vazifalarni bajarish quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:Qo‘mita va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan sohaga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga belgilangan tartibda rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazoratni amalga oshiradi;Qo‘mita faoliyati, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;Qo‘mitaning vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalarini hal etadi.3-§. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining vazifalari va funksiyalari17. Quyidagilar hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining vazifalari hisoblanadi:Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi;hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi va ular vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;tuman (shahar) bo‘limlar va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;tuman (shahar) bo‘limlar va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.18. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda Qo‘mita qarorlari va buyruqlarining tuman (shahar) bo‘limlar, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;tuman (shahar) bo‘limlar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;tuman (shahar) bo‘limlar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi subyektlar bilan hamkorlik qiladi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida hududiy dasturlarni bajarilishi monitoringini olib borish, yuridik va jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limlar va idoraviy mansub tashkilotlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;tuman (shahar) bo‘limlar va idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik ta’minotini tashkil etadi;tuman (shahar) bo‘limlar va idoraviy mansub tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish bo‘yicha ishlar monitoringini o‘tkazadi va muvofiqlashtiradi;jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.4-§. Tuman (shahar) bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari19. Quyidagilar tuman (shahar) bo‘limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi va o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini yanada rivojlantirishda moliyalashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni qo‘llab-quvvatlash;qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.20. Tuman (shahar) bo‘limlar o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:tuman (shahar) bo‘limlar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi hamda ularga rahbarlik qiladi;O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari hamda Qo‘mita qarorlari va buyruqlari bajarilishini nazorat qiladi;tuman (shahar) bo‘limlar tomonidan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarga maslahat beradi va ularning faoliyatiga ko‘maklashadi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish istiqbollarini baholaydi, uning monitoringini tashkil etadi va o‘tkazadi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish dasturlariga kiritilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan axborot, shuningdek davlat statistika organlarining ma’lumotlar asosida mazkur dasturlar bajarilishi monitoringini olib boradi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarga rioya etilishini nazorat qiladi;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qiladi;jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish xo‘jalik tuman (shahar) bo‘limlarining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.4-bob. Qo‘mita, uning Hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining huquqlari va javobgarligi1-§. Qo‘mitaning huquqlari va javobgarligi21. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlardan veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasiga oid masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish;yuridik va jismoniy shaxslardan hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olishni hamda ularning tugatilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar o‘tkazilishini, shuningdek epizootik holatni aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumot taqdim etilishini talab qilish;hayvonlarning va odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan hayvonlar kasalligi aniqlangan taqdirda, hayvonlarni so‘yishga yoki yo‘q qilib tashlashga, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni zararsizlantirishga (yuqumsizlantirishga), qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga taalluqli, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan talablarni belgilash;respublika hududida biologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida veterinariya dori vositalarini tayyorlash va ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha Qo‘mita huzurida markaziy rejim komissiyasini tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash;veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini olish uchun taqdim etilgan hujjatlar va ularning sinov natijalarini hamda veterinariya sohasiga oid tayyorlanadigan qo‘llanmalar, tavsiyanomalar va yo‘riqnomalarni o‘rganish, shuningdek ishlab chiqilgan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Qo‘mita huzurida ilmiy-texnik kengash ishini tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash;favqulodda holatlar vujudga kelganda epizootiyaga qarshi zarur choralar belgilash va veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlarini o‘tkazish maqsadida ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining veterinariya yo‘nalishidagi olimlari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalarining mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlar tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash;xalqaro tashkilotlar, moliya institutlar va xorijiy davlatlarning kredit va grant mablag‘lari hisobiga veterinariya va chorvachilik sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va amalga oshirish guruhlarini tashkil etish hamda ishlarini muvofiqlashtirish;yuridik va jismoniy shaxslarga pullik veterinariya, naslchilik-seleksiya va boshqa xizmatlar ko‘rsatish tartibi, xizmat turlari va tariflarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash;hay’at majlislarida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalari rahbarlarining Qo‘mita vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish;veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasiga oid xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish, shuningdek, yordamchi xo‘jaliklar faoliyatini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;belgilangan tartibda markaziy apparat va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishni tashkil etish;Qo‘mita xodimlarini ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va shaxsiy ustamalar hamda mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa rag‘batlantirishlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;Qo‘mita tizimi faoliyatiga oid noshirlik faoliyatini amalga oshirish;Qo‘mita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.22. Qo‘mita:Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, veterinariya va chorvachilik sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;Qo‘mita faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlash;O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Qo‘mita tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;soha (tarmoq)ni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, shuningdek, veterinariya va chorvachilik sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammolarning yechilishi;fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun mas’uldir.2-§. Qo‘mita markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi23. Qo‘mitaning markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan Qo‘mitaning markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;Qo‘mitada ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlash, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur bo‘lganda ularni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarish;hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;tezkor hal etilishi lozim bo‘lgan va Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ — huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Qo‘mita va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini o‘rganish va belgilangan tartibda tekshirish;Qo‘mita markaziy apparati huzurida sohaga oid muammolar bo‘yicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek veterinariya va chorvachilikni rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;qonun hujjatlarida belgilangan tartibda veterinariya va chorvachilik sohasidagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Qo‘mita va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini o‘rganish va belgilangan tartibda tekshirish;veterinariya va chorvachilik sohasida tegishli mintaqaviy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.Qo‘mita markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.24. Qo‘mita markaziy apparati:hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;Qo‘mita markaziy apparati bo‘linmalarining Qo‘mita faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlashga doir ishini tashkil etish;Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Qo‘mita qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va sohani, shuningdek, tegishli tarmoqda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun mas’uldir.3-§. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning huquqlari va javobgarligi25. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar o‘zlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;o‘z vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;sohaga oid qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatmalar berish;o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish.26. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar:tuman (shahar) bo‘limlar bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minlash;Qo‘mitaga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlartomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sohani rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning yechilishi bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari”ni samarali amalga oshirish;fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun mas’uldir.4-§. Tuman (shahar) bo‘limlarining huquqlari va majburiyatlari27. Tuman (shahar) bo‘limlar o‘zlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman bo‘linmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;o‘z vakolatlari doirasidagi masalalar bo‘yicha hududiy boshqarmalarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;sohaga oid qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatmalar berish;o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish.28. Tuman (shahar) bo‘limlar:o‘zlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;hududiy boshqarmalarga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, tuman (shahar)dagi bo‘linmalar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;aholini, ayniqsa yoshlarni, tadbirkorlik subyektlarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, tegishli hududda chorvachilikni rivojlantirish va epizootik osoyishtalikni ta’minlashga to‘sqinlik qiladigan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tuman (shahar)ni rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;tuman (shahar)larda sohani rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning yechilishi bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari”ni samarali amalga oshirish;fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun mas’uldir.5-bob. Qo‘mita rahbarlarining asosiy funksional vazifalari29. Quyidagilar Qo‘mita raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;Qo‘mita faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qo‘mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishining tanqidiy va chuqur tahlilini olib borish;Qo‘mita, shuningdek, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasining komplekslari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Qo‘mita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarning ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Qo‘mitaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Qo‘mita faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;Qo‘mita faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Qo‘mita va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qo‘mita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;Qo‘mita xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;Qo‘mita tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Qo‘mitaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qo‘mitaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning kasbiy mahorati, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;faoliyat sohasi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Qo‘mitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha buyruqlar, ko‘rsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur bo‘lganda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;Qo‘mitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq mos ravishda amalga oshirish va tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;o‘z o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilot rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Qo‘mitaning Hay’at majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;Qo‘mita xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;Qo‘mita xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qo‘mita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa qonun buzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Qo‘mita xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Qo‘mita nomidan ishtirok etish;Qo‘mitaning Hay’at majlislarida raislik qilish;zaruriyat bo‘lganda, Qo‘mitaning, shuningdek hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalariga belgilangan miqdor doirasida o‘zgartirishlar kiritish;shtat birliklarining belgilangan soni asosida Qo‘mita markaziy apparatining, shuningdek hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlash;Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risida nizomlarni, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari nizomlarini hamda ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;Qo‘mita markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;Qo‘mita, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining mansabdor shaxslari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar qabul qilish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlarni tayyorlash, xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rish;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasidagi xodimlarni va mutaxassislarni ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni ta’minlash va tavsiyalar berish;budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va Qo‘mita tizimining moddiy texnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish.30. Qo‘mita raisining Bosh davlat veterinariya inspektori sifatidagi asosiy funksional vazifalari:davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;hayvonlarning va odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni so‘yish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni yo‘q qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va xomashyodan o‘zgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;temir yo‘l vagonlarining, kemalarning, samolyotlarning va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, go‘sht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni to‘xtatib turish;hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;chegaraoldi tumanlarda, qo‘shni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat to‘g‘risida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sog‘lig‘iga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xomashyo sifatiga ta’sirini baholash;hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish to‘g‘risida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari tugatilganidan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini ko‘rish.Bosh davlat veterinariya inspektori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.31. Quyidagilar Qo‘mita raisi o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;Qo‘mita raisi vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;Qo‘mitaning o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;Qo‘mita faoliyatining o‘zi nazorat qiladigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qo‘mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linma rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;Qo‘mita Hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisining buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Qo‘mita raisiga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalarda xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining to‘liq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Qo‘mita raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Qo‘mita raisining topshirig‘iga asosan ishtirok etish;Qo‘mitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Qo‘mitaning Hay’at majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;Qo‘mita faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Qo‘mita raisiga taqdim etish;o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Qo‘mita raisiga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlari va yuklangan vazifalarini bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qo‘mita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa qonun buzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha Qo‘mita raisiga takliflar kiritish;jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.32. Quyidagilar Qo‘mita raisi o‘rinbosarlarining (raisning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va Rais o‘rinbosari — “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktori bundan mustasno) Davlat veterinariya inspektori sifatidagi asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;hayvonlarning va odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni so‘yish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni yo‘q qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va xomashyodan o‘zgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;temir yo‘l vagonlarining, kemalarning, samolyotlarning va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, go‘sht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni to‘xtatib turish;hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;chegaraoldi tumanlarda, qo‘shni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat to‘g‘risida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sog‘lig‘iga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xomashyo sifatiga ta’sirini baholash;hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish to‘g‘risida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari tugatilganidan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini ko‘rish.Bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.33. Quyidagilar Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;tegishli bo‘linma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu bo‘linmaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari hamda Qo‘mita hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Qo‘mita raisining nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;Qo‘mita Hay’ati qarorlari, rais va uning o‘rinbosarlarining buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Qo‘mita rahbariyatiga kiritish;tarkibiy bo‘linmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Qo‘mita raisi o‘rinbosarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tarkibiy bo‘linmalarda xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy bo‘linmalarda tayyorlangan hujjat loyihalarini Qo‘mita raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari topshirig‘iga asosan ishtirok etish;Qo‘mitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan Qo‘mita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy bo‘linma xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha Qo‘mita rahbariyatiga takliflar kiritish;jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq ko‘rib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.34. Quyidagilar Qo‘mita markaziy apparati vakolatli xodimlarining Davlat veterinariya inspektori sifatidagi asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;hayvonlarning va odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni so‘yish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlash, yo‘q qilish yoki ushbu mahsulot va xomashyodan o‘zgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;temir yo‘l vagonlari, kemalar, samolyotlar, avtotransport va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, go‘sht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni to‘xtatib turish;hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;chegaraoldi tumanlarda, qo‘shni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat to‘g‘risida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sog‘lig‘iga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xomashyo sifatiga ta’sirini baholash;hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish to‘g‘risida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari tugatilganidan keyin cheklovchi (karantin) tadbirlarni bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini ko‘rish.35. Quyidagilar hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Qo‘mitaning hujjatlari bilan ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tarkibiga kiruvchi tuman (shahar) bo‘linmalari va tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, hududiy bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;Qo‘mita Hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlarining buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;Qo‘mita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy bo‘linma va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining kadrlar zaxirasini shakllantirish;Qo‘mita raisi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlariga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;Qo‘mita hududiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qo‘mita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, hududiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa qonun buzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Qo‘mita raisining nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Qo‘mita rahbariyatiga kiritish;jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq ko‘rib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, xodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni Qo‘mitaga kiritish;davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Qo‘mitaning boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari manfaatlarini ifodalash.36. Quyidagilar hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining Davlat veterinariya inspektori (vakolatli xodimlari) sifatidagi asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;hayvonlarning va odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni so‘yish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlash, yo‘q qilish yoki ushbu mahsulot va xomashyodan o‘zgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;temir yo‘l vagonlari, kemalar, samolyotlar, avtotransport va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, go‘sht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni to‘xtatib turish;hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;chegara oldi tumanlarda, qo‘shni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat to‘g‘risida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sog‘lig‘iga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xomashyo sifatiga ta’sirini baholash;hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish to‘g‘risida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari tugatilganidan keyin cheklovchi (karantin) tadbirlarni bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini ko‘rish.37. Quyidagilar tuman (shahar) bo‘limlar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:tuman (shahar) bo‘limiga rahbarlik qilish;xodimlar o‘rtasida funksional va faoliyatning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha vazifalarni taqsimlash hamda ularning mas’ullik darajasini belgilash;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;Qo‘mita Hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning buyruq va topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;Qo‘mita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;tuman (shahar) bo‘limlarida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tuman (shahar) bo‘limlarida xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan Qo‘mita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, tuman (shahar) bo‘limlar xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, tuman (shahar) bo‘limlarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;tuman (shahar) bo‘limlar xodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, xodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida takliflar kiritish;davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda tuman (shahar) bo‘limlarining manfaatlarini ifodalash.38. Quyidagilar tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlarining Davlat veterinariya inspektori sifatidagi asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;hayvonlarning va odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni so‘yish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlash, yo‘q qilish yoki ushbu mahsulot va xomashyodan o‘zgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;temir yo‘l vagonlari, kemalar, samolyotlar, avtotransport va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, go‘sht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni to‘xtatib turish;hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;chegaraoldi tumanlarda, qo‘shni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat to‘g‘risida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sog‘lig‘iga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xomashyo sifatiga ta’sirini baholash;hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish to‘g‘risida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari tugatilganidan keyin cheklovchi (karantin) tadbirlarni bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini ko‘rish.6-bob. Qo‘mita rahbarlarining javobgarligi39. Qo‘mita raisi:Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan Qo‘mitaning javobgarlik sohalari bo‘yicha;ushbu Nizomning 29 va 30-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.40. Qo‘mita raisining o‘rinbosarlari:Qo‘mitaning o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarida Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan Qo‘mitaning o‘zlari nazorat qiladigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha;ushbu Nizomning 31 va 32-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.41. Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari:tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan Qo‘mita markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha;ushbu Nizomning 33 va 34-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.42. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilot rahbarlari:hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan Qo‘mita hududiy bo‘linmalariva idoraviy mansub tashkilotlarning javobgarlik sohalari bo‘yicha;ushbu Nizomning 35 va 36-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.43. Tuman (shahar) bo‘limlar rahbarlari:tuman (shahar) bo‘limlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan tuman (shahar) bo‘limlarning javobgarlik sohalari bo‘yicha;ushbu Nizomning 37 va 38-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.7-bob. Qo‘mita faoliyatini tashkil etish1-§. Qo‘mita rahbariyati44. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.45. Qo‘mita raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.Oldingi tahrirga qarang.(45-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)46. Qo‘mita raisi maqomi, moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazirga, uning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, uning o‘rinbosarlari esa, vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.47. Qo‘mita raisi bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.48. Quyidagilar:Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Qo‘mita raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;Qo‘mita markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalar boshliq o‘rinbosarlari, Qo‘mita tizimiga kiruvchi respublika tashkilotlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari boshliqlari tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimi bilan kelishgan holda Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;tumanlar (shaharlar) bo‘limlari boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tuman (shahar) hokimlarining taqdimiga binoan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetguniga qadar, ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini ta’minlash maqsadida, Qo‘mita raisi boshliqning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash huquqiga ega.49. Quyidagi lavozimlarda oliy ma’lumotga ega veterinariya mutaxassislari (veterinariya mutaxassisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimlar bundan mustasno) faoliyat yuritadi:Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari, markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari;Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazi, veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti direktorlari va ularning o‘rinbosarlari, laboratoriya mudirlari va bo‘lim boshliqlari (mudirlari) va veterinariya mutaxassislari;Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshlig‘i va mutaxassislari, chegara va transport (uchastka) veterinariya punktlarining rahbarlari va veterinariya mutaxassislari;hududiy boshqarmalarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va sektor mudirlari hamda mutaxassislari, tuman (shahar) bo‘limi boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, veterinariya uchastka mudirlari hamda veterinariya mutaxassislari;Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari direktorlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari (mudirlari) va veterinariya mutaxassislari, tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari direktorlari, bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda veterinariya mutaxassislari.50. Qo‘mita raisi — O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori, uning o‘rinbosarlari esa — O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlari (raisning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va Rais o‘rinbosari — “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktori bundan mustasno) hisoblanadi.Hududiy boshqarmalarning rahbarlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari esa tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining o‘rinbosarlari hisoblanadi.51. Qo‘mitaning davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinar mutaxassislari o‘z vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.52. Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i davlat chegarasi va transportda bosh davlat veterinariya inspektori, uning o‘rinbosarlari esa davlat chegarasi va transportda bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadi.53. Tuman (shahar) bo‘limlarining boshliqlari tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.54. Veterinariya uchastkalari va bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining mudirlari, tegishli ravishda uchastka va bozorlarda davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.55. Davlat chegarasi va transportda veterinariya nazorati veterinariya punktlarining (uchastkalarning) boshliqlari va veterinar vrachlari, tegishlicha Davlat chegarasi va transportda veterinariya nazorati veterinariya punktlarining (uchastkalarning) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.56. Davlat veterinariya inspektorlari quyidagi vakolatlarga ega:davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;hayvonlar va odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni so‘yish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, ushbu sohadagi mahsulot va xomashyoni yo‘q qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va xomashyodan o‘zgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;davlat veterinariya xizmati nazoratidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;temir yo‘l vagonlari, kemalar, samolyotlar va boshqa transport vositalari holatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, ulardan foydalanishni taqiqlash;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, chorvachilik, shuningdek go‘sht va sut sanoati obyektlaridan, ushbu sohadagi mahsulot va xomashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, chorvachilik fermalarida, ushbu sohadagi mahsulot va xomashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda saqlovchi tashkilotlarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni belgilangan tartibda to‘xtatib turish;chegara oldi tumanlarda, qo‘shni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik holat to‘g‘risida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar tayyorlashini, ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sog‘lig‘iga va ushbu sohadagi mahsulot hamda xomashyo sifatiga ta’sirini baholash;hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari aniqlangan taqdirda, tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish to‘g‘risida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari tugatilgandan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qo‘llash.Davlat veterinariya inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.57. Qo‘mita tizimi xodimlariga Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan Qo‘mita xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xizmat guvohnomalari beriladi.2-§. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibi58. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.59. Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilib:topshiriqlarni hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadilar hamda ularning bajarilishini nazorat qiladilar;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy bo‘linmalarining bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradilar hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladilar;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradilar va o‘rganadilar, natijalarni umumlashtiradilar, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar va qabul qiladilar;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadilar;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladilar, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ko‘radilar;hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadilar;normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadilar, veterinariya va chorvachilik sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadilar.60. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladilar, shu jumladan:Qo‘mita rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradilar;faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida Qo‘mita markaziy apparatiga axborot taqdim etadilar;ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradilar;Qo‘mitaning markaziy apparatiga o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadilar;Qo‘mitaning markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradilar;hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish natijalari to‘g‘risida axborot beradilar;vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida axborot beradilar.61. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hamda uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Qo‘mita raisining topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular bo‘yicha qaror bevosita Qo‘mita raisi tomonidan qabul qilinadi.62. Hududiy boshqarmalar rahbarlari va idoraviy mansub tashkilot rahbarlari Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosarlariva Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari hamda hududiy hokimliklar (hududiy boshqarmalari hududiy hokimliklar oldida) oldida hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot berib boradi.O‘zlarga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi bo‘yicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarfaoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarningalohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.63. Tuman (shahar) bo‘limlar rahbarlari Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosarlariva Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari hamda hududiy hokimliklar oldida tuman (shahar) bo‘limlar faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot berib boradi.O‘zlarga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi bo‘yicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, tuman (shahar) bo‘limlarifaoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limlarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.3-§. Qo‘mitaning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi64. Qo‘mita o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.65. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.Hududiy boshqarmalari, idoraviy mansub tashkilotlar hamda tuman (shahar) bo‘limlar tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro uzviy hamkorlik qiladilar.4-§. Qo‘mitaning hay’ati, boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari66. Qo‘mitada rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, asosiy faoliyat yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat tarkibdagi hay’at tuziladi.Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Qo‘mita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.67. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:ushbu Nizomda belgilangan Qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Qo‘mita tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha choralarni qabul qilish, tarkibiy va hududiy boshqarmalarihamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil etish;har chorakda va tizimli tarzda Qo‘mita faoliyati doirasida hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishi natijadorligini ko‘rib chiqish;Qo‘mita faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni joylarda muhokama qilishni ta’minlagan holda Hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;Qo‘mita markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;Qo‘mita nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash.Hay’at Qo‘mita vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni ko‘rib chiqishga haqlidir.68. Hay’at majlisiga Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.69. Hay’at majlisida uning tarkibining yarmidan ortig‘i ishtirok etsa Hay’at majlisi qonuniy o‘tkazilgan deb hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.70. Hay’at qarorlari Qo‘mita raisining buyrug‘i (Qo‘mitaning qarorlari) bilan amalga oshiriladi.71. Qo‘mita raisi va Hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Qo‘mita raisi Vazirlar Mahkamasiga yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida xabar bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Bunday vaziyatda Hay’at a’zolari Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.72. Hay’atning faoliyat yuritish tartibi Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.73. Qo‘mita huzurida ilmiy-texnik Kengash tuziladi. Ilmiy-texnik Kengash to‘g‘risida nizom va uning shaxsiy tarkibi Qo‘mita Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.74. Qo‘mitada Jamoatchilik kengashi tashkil qilinadi.Jamoatchilik kengashi tarkibiga sohadagi mutaxassislar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilik birlashmalarining vakillari kiradi.Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi, shuningdek, uning Nizomi Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.75. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini ta’minlash, davlat organi zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha Qo‘mita va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;birgalikda muloqot qilish, Qo‘mitaning nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bog‘lab turadigan “ko‘prik” rolini bajarish;fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan Qo‘mitaning faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazish;Qo‘mita faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil o‘tkazish, shuningdek, ularning natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlash;Qo‘mita faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;Qo‘mita faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;Qo‘mita faoliyati bo‘yicha fuqarolar o‘rtasida o‘tkaziladigan tushuntirish ishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;Qo‘mita xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan bo‘shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish bo‘yicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari bo‘yicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.8-bob. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari76. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholab boriladi.77. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlariga asoslanadi.78. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash natijalari asosida:Qo‘mita rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazolash;Qo‘mita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.9-bob. Qo‘mitani moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish79. Qo‘mita markaziy apparati, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarini moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, grantlar, veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi, pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.80. Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.81. Qo‘mita xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlar, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat bo‘ladi.82. Qo‘mita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soha xodimlarining hayotini sug‘urtalash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi.Qo‘mita xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan qo‘shimcha haqlar, ustamalar va rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa to‘lovlar belgilangan tartibga muvofiq to‘lanadi.83. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima mablag‘lari Qo‘mitaning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.10-bob. Qo‘mitaning Vazirlar Mahkamasi oldida hisobot berishi84. Qo‘mita rahbarlari Vazirlar Mahkamasi oldida Qo‘mita faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot berib boradi.Vazirlar Mahkamasining sohaga mas’ul rahbari Qo‘mita rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi bo‘yicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Qo‘mita faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.85. Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari oldida markaziy apparat faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot berib boradi.O‘zlarga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi bo‘yicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, markaziy apparat faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha markaziy apparatning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.11-bob. Yakuniy qoida86. Qo‘mita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga
2-ILOVAOldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagiNIZOM(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
1-bob. Umumiy qoidalar1. Mazkur Nizom Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.Oldingi tahrirga qarang.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs tashkil etmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) tuziladi.(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)3. Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish maqsadida 7 nafar a’zodan iborat Jamg‘arma kengashi tuziladi.Jamg‘arma kengashi tarkibi Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasining hamda Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha Davlat ilmiy markazining xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larning 75 foizi;Oldingi tahrirga qarang.
aholi xonadonlarida va chorvachilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda parvarish qilinayotgan chorva mollarini sug‘urtalash bo‘yicha aholi va xo‘jaliklar tomonidan to‘lanadigan sug‘urta mukofotlari hisobiga sug‘urta tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan komission mukofoti;(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan 25 foiz miqdoridagi mablag‘lari;chorvachilik fermer xo‘jaliklariga sotiladigan urug‘lar, sun’iy urug‘lantirish xizmatini ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.5. Qo‘mitaning tuzilmalari hisob raqamlariga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan xorijiy valyutadagi mablag‘larning mazkur jamg‘armaga tegishli bo‘lgan qismi Qo‘mita so‘roviga qadar tuzilmalar hisob-raqamida saqlanadi va ushbu mablag‘lar faqatgina Qo‘mitaning topshirig‘iga ko‘ra maqsadli yo‘naltiriladi.6. Jamg‘armaga tushgan mablag‘lar Qo‘mitaning jamg‘arma uchun alohida ochiladigan xorijiy va milliy valyutada shaxsiy g‘aznachilik hisobraqamida jamlanadi.3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish7. Jamg‘armaning mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:veterinariya va chorvachilikni barcha tarmoqlari, shu jumladan qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlari sohasi (keyingi o‘rinlarda veterinariya chorvachilik sohasi deb yuritiladi)dagi ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish;Qo‘mita markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish hamda ularga moliyaviy yordam ko‘rsatish;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish xizmatining kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy ta’lim muassasalarida malaka oshirishni tashkil qilish;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish xizmati xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mita va Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish markazi markaziy apparati xodimlarining ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, shaxsiy ustamalar, rag‘batlantirishlar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lash;(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2024-y., 09/24/52/0073-son)xodimlarga moddiy yordam, transport va ovqatlanish xarajatlarini to‘lash orqali ularni ijtimoiy muhofaza qilish;ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlarida ishga jalb etilganligi uchun to‘lovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar to‘lash;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasida xizmat qilayotgan xodimlarni iste’mol kreditlari uchun qaytarish sharti bilan foizsiz boshlang‘ich badali to‘lovlari;boshqaruv xodimlarining qo‘shimcha shtat birliklarini saqlash;davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy va ta’lim muassasalari yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni konsultant sifatida jalb etish;malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqi miqdori va boshqa to‘lovlarni chet el valyutasida to‘lash;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasiga oid loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish uchun ekspertlarni (auditorlar, ilmiy xodimlar va shu kabilar), shuningdek xalqaro ekspertlarni jalb qilish;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasidagi xalqaro yig‘ilishlar, ko‘rgazmalar, loyihalar va dasturlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlar;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasiga oid xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi davrida ularni qabul qilish va kuzatish bilan bog‘liq xarajatlar;veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasida konferensiyalar, davra suhbatlari hamda seminarlar tashkil etish va o‘tkazish;bosma nashr mahsulotlarini, elektron dasturlar ishlab chiqish, shuningdek veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasiga oid blankalar tayyorlash.8. Jamg‘arma mablag‘laridan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalanilishi mumkin.Alohida hollarda (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan davlat tadbirlarini amalga oshirish, epizootiya xavfi bo‘lganda yoki favqulodda holatlarning oldini olish va bartaraf etish va boshqa shu kabi hollarda) Jamg‘arma kengashining qaroriga muvofiq uning mablag‘laridan foydalanish mumkin.Oldingi tahrirga qarang.
9. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish uchun umumiy qiymati uning foydalanuvchilari tomonidan Qo‘mita belgilagan shakldagi buyurtmanomalar taqdim etilishi lozim.(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)10. Buyurtmanomalarni qabul qilish va umumlashtirish ishlarini tashkil etish, Jamg‘arma kengashining qaroriga asosan daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini tuzish va Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borish Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.11. Jamg‘arma kengashi:ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilishi yuzasidan buyurtmanomalarni qabul qiladi, ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi;qabul qilingan buyurtmanomalar orasidan eng ustuvorlari va asoslanganlarini tanlab oladi hamda mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qiladi;ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq belgilangan yo‘nalishlar doirasida mablag‘lardan foydalanish uchun eng ustuvorlarini tanlaydi;ajratilgan mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda moliyalashtirishni to‘xtatadi va ajratilgan mablag‘larni undirish choralarini ko‘radi;Jamg‘armaga oid boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.12. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish har yili Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Daromadlar va xarajatlar smetasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.13. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yilda moliyaviy mablag‘lar kelib tushishining kutilayotgan prognozi va amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni o‘tkazishdan kelib chiqqan holda tuziladi.14. Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalari Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish uchun buyurtmanoma taqdim etadilar. Bunda, xarajatni amalga oshirish zaruriyatining asoslari, zarur mablag‘lar miqdori, shuningdek ularni bajarish uchun boshqa mablag‘larning yo‘qligi ko‘rsatiladi.Buyurtmanomalar kelgusi moliya yili uchun joriy yilning 1-iyunigacha Qo‘mitaga taqdim etiladi.Buyurtmanoma yozma shaklda, elektron pochta yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda taqdim etiladi.Buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:tashkilotning to‘liq nomi va aniq rekvizitlari;mavjud muammolar va ularning (to‘liq yoki qisman va belgilangan muddatlarda) hal qilish imkoniyati, mablag‘lardan foydalanish maqsadlari, shuningdek kutilayotgan natijalar ko‘rsatilgan tushuntirish xati;so‘ralayotgan mablag‘larning hisob-kitobi.Zarurat bo‘lganda buyurtmanomaga uni asoslovchi tegishli hujjatlar ham ilova qilinadi.15. Taqdim etilgan buyurtmanomalar har yili 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda Jamg‘arma kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va mablag‘lardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari belgilanadi hamda uning asosida mablag‘lar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.16. Jamg‘armaning hisobot yilida foydalanilmagan mablag‘lari (qoldiq mablag‘lar) keyingi hisobot yiliga o‘tadi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobotlar taqdim etish, nazorat va javobgarlik17. Jamg‘arma mablag‘larining hisobi va hisoboti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va taqdim etiladi.18. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.19. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalari Qo‘mita hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida hisobotlarni qonun hujjatlarda belgilangan shakl va muddatlarda taqdim etadi.20. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.Oldingi tahrirga qarang.(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga
4-ILOVAVeterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagiNIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar1. Ushbu Nizom veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning rahbar va mutaxassislari (keyingi o‘rinlarda veterinariya xizmati mutaxassislari deb ataladi) malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash (keyingi o‘rinlarda malakasini oshirish deb ataladi) va ularga malaka toifalari berish tartibini belgilaydi.Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha mutaxassisliklar va lavozimlar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadi.(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)3. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda Malaka oshirish markazi deb ataladi) veterinariya xizmati mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim jarayonini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslarini, o‘quv-metodik hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etadi, mexanizmlari va metodlarini belgilaydi.Veterinariya xizmati mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish (keyingi o‘rinlarda malaka oshirish deb ataladi) Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Malaka oshirish markazi tomonidan, to‘lov-kontrakt asosida, veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari va veterinariya mutaxassislarining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish tizimining tashkiliy tuzilmasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.4. Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarida o‘qitish ishlab chiqarishdan ajralgan, asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va egallab turgan lavozimi saqlangan holda amalga oshiriladi.5. Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish ushbu Nizomning 2-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.2-bob. Malaka oshirishning maqsadi va vazifalari6. Veterinariya xizmati mutaxassislarining veterinariya sohasidagi xalqaro tajribani o‘zlashtirishini, zarur kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yangilashini, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ularning kasbiy layoqati va mahoratining doimiy rivojlanishini ta’minlash malaka oshirishning maqsadi hisoblanadi.7. Quyidagilar malaka oshirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:kasbiy layoqat va mahoratni yanada oshirish;veterinariya xizmati mutaxassislarining mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek ularning bilimlarini yanada takomillashtirish;axborot texnologiyalari, Internet jahon axborot tarmog‘i imkoniyatlaridan ishda foydalanishning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish;veterinariya xizmati mutaxassislariga hayvonlarni davolash va profilaktika qilishning zamonaviy metodlarini, shuningdek veterinariya-sanitariya tadbirlarini o‘tkazishda qo‘llanadigan texnologiyalar xususiyatlarini o‘rgatish;veterinariya xizmati mutaxassislariga veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bo‘yicha nazariy bilimlar berish.3-bob. Malaka oshirish tizimini boshqarish8. Qo‘mita:malaka oshirish tizimiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish hududiy boshqarmalaridan (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarma deb ataladi) olingan ma’lumotlar asosida har yili dekabr oyining birinchi o‘n kunligida kelgusi yilda malaka oshirishga yuborilayotgan veterinariya xizmati mutaxassislarining har yilgi ro‘yxatini shakllantiradi hamda ro‘yxatga muvofiq dekabr oyining uchinchi o‘n kunligida malaka oshirish kurslaridan o‘tishning har yilgi jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;malaka oshirishning to‘liq hamda sifatli o‘tkazilishi yuzasidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi;veterinariya xizmati mutaxassislari malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlaydi;malaka oshirish bo‘yicha Malaka oshirish markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘radi.9. Qo‘mita, hududiy boshqarmalar, tasarrufida veterinariya xizmati mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, nodavlat veterinariya tashkilotlari va jismoniy shaxslar veterinariya xizmati mutaxassislarini o‘qitishning buyurtmachisi hisoblanadi.Buyurtmachilar belgilangan tartibda tasdiqlangan kalkulatsiya asosida Malaka oshirish markazi bilan veterinariya xizmati mutaxassislari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish yuzasidan shartnomalar tuzadi.10. Malaka oshirish markazi:malaka oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini, o‘quv-uslubiy hujjatlarini, yagona ta’lim mexanizmini ishlab chiqish ishlarini tashkil qiladi;veterinariya sohasiga oid fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etadi hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratadi;ta’limning ishlab chiqarish bilan samarali o‘zaro hamkorligini, veterinariya va chorvachilik sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga ko‘chma mashg‘ulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga tashriflar joriy etilishini ta’minlaydi;ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot tuzilmalarining moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur o‘quv va moddiy-texnik bazasini yaratadi;veterinariya va chorvachilik sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqadi va joriy etadi.mintaqalar uchun xos bo‘lgan hayvonlar kasalliklarini hisobga olgan holda malaka oshirish kurslarining o‘quv rejasi va dasturlarini shakllantiradi;malaka oshirish kurslarida ta’lim jarayonini takomillashtirish mexanizmlarini va metodlarini belgilaydi;veterinariya va chorvachilik sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani umumlashtirgan holda davolash va diagnostikaning zamonaviy, samarali usullari va metodlarining, yangi texnologiyalarning o‘quv jarayoniga joriy qilinishini ta’minlaydi;tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi;Samarqand veterinariya meditsinasi institutining professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, veterinariya xizmati mutaxassislari, amaliyotchi mutaxassislarning malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlarni o‘tkazishga qonunchilikda belgilangan tartibda, mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari bilan jalb etilishini ta’minlaydi;malaka oshirish bo‘yicha xorijiy tajribani va ilg‘or ta’lim muassasalari yutuqlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida, shuningdek soha mutaxassislari, mahalliy yirik korxonalar rahbarlarini taklif etgan holda, eng avvalo, yuqori va innovatsiya texnologiyalari sohasida veterinariya va chorvachilik sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim dasturlarini amalga oshiradi;tuzilgan shartnomalar asosida nomzodlarni tinglovchilikka qabul qiladi, qoida tariqasida, guruhlar 20 — 24 nafar tinglovchilardan iborat tarkibda shakllantiriladi;malaka oshirish kurslarining zarur darajada tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi.11. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti:malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha zarur axborot-ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, malaka oshirish jarayoni uchun zamonaviy innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishlab chiqilishini va ularning malaka oshirish jarayoniga joriy etilishini tashkil qiladi;veterinariya xizmati mutaxassislariga malaka oshirish davrida Samarqand veterinariya meditsinasi institutining yotoqxonalarida yashash joyi berish choralarini ko‘radi;malaka oshirish natijalarining ichki monitoringini yuritadi.12. Qo‘mita tizimiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar hamda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, yilqichilik va boshqa tarmoq xo‘jaliklari:malaka oshirish amaliyotini o‘tashga ko‘maklashadilar;ilmiy bilimlar va veterinariya amaliyotining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydilar.4-bob. Malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar13. Ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq belgilanadi.14. Malaka oshirish tizimida mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlari Samarqand veterinariya meditsinasi institutining yetakchi mutaxassislari va professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan, ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, chorvachilik xo‘jaliklarining yetakchi olimlari va mutaxassislarini jalb etgan holda ishlab chiqiladi hamda ular ta’lim jarayonini uslubiy ta’minlashning ajralmas qismi hisoblanadi.15. O‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda soatlarning modullar bo‘yicha 10 foizgacha o‘zgartirilishiga ruxsat etiladi.16. O‘quv dasturi mazmuniga qo‘yiladigan talablar veterinariya xizmati mutaxassislarining kasbiy tavsifnomasiga qat’iy muvofiq ravishda ularning zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashini hisobga olgan holda belgilanadi.O‘quv rejalari va dasturlarida veterinariya fani, texnikasi, texnologiyalari sohasidagi yutuqlar aks ettirilishi, shuningdek ular veterinariya ta’lim tizimida yagona uzviylik va izchillikni ta’minlash talablariga javob berishi zarur.17. Malaka oshirish amaliyoti o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ilmiy-tadqiqot institutlarida, veterinariya tizimiga kiruvchi tashkilotlarda, yetakchi chorvachilik xo‘jaliklarida o‘tkaziladi, unda davolash-diagnostika usullarini aniqlash bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish va veterinariya xizmati mutaxassislarini veterinariya sohasidagi fan va texnologiyalarning yangi yutuqlari bilan tanishtirish ko‘zda tutilishi kerak.18. Markazning professor-o‘qituvchilar tarkibiga quyidagi talablar qo‘yiladi:veterinariya mutaxassislarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan talablar asosida tinglovchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish, nazorat va tinglovchilar bilimlarini xolisona baholash ko‘nikmalarining mavjudligi;yuksak individual sifatlarning (talabchanlik, xolisonalik, batartiblik, haqqoniylik, xushmuomalalikning) mavjudligi;ta’lim berishda (o‘qitishda) kasbiy mahorat va eruditsiyaning mavjudligi;ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, tinglovchilarning tashabbuskorligini, ijodiy mahoratini va qobiliyatlarini rivojlantirish ko‘nikmalarining mavjudligi.5-bob. Malaka oshirish muddatlari19. Malaka oshirish kurslarining davomiyligi quyidagicha bo‘ladi:rahbarlar uchun — 1 haftadan 2 haftagacha (36 — 72 soat);mutaxassislar uchun — kamida 4 hafta (144 soat).20. Rahbarlarni qisqa muddatli (36 — 72 soat) o‘qitish kurslari ularga veterinariya sohasini boshqarishning zamonaviy usullarini o‘rgatish maqsadida o‘tkaziladi.21. Malaka oshirish kurslariga veterinariya xizmati tizimida kamida 3 yil ish stajiga ega, bakalavr, magistr darajasiga yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan veterinariya xizmati mutaxassislari yuboriladi.22. Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish tizimida haftalik o‘qish yuklamasi ko‘pi bilan 36 soatni tashkil qiladi.6-bob. Veterinariya xizmati mutaxassislariga malaka toifalari berish23. Veterinariya xizmati mutaxassislarini malaka oshirish o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish ularni o‘z malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirib borishga yo‘naltirish va moddiy rag‘batlantirish maqsadida amalga oshiriladi.24. Malaka oshirish kurslarida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan veterinariya xizmati mutaxassislariga belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarini o‘taganligi to‘g‘risidagi sertifikat hamda ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.25. Veterinariya xizmati mutaxassislariga malaka toifasi 5 yil muddatga beriladi. Ushbu muddat o‘tgandan keyin veterinariya xizmati mutaxassislari o‘z malaka toifasini oshirishi yoki malaka toifasini himoya qilishi shart.26. Ikkinchi malaka toifasini olish uchun veterinariya xizmati mutaxassislari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:a) davolash, profilaktika ishlari va diagnostika usullarini erkin qo‘llashdagi bilimlari, maxsus anjomlardan foydalanish ko‘nikmalari darajasi;b) malaka oshirish kurslaridagi o‘qish natijalari.27. Birinchi malaka toifasini olish uchun veterinariya xizmati mutaxassislari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:a) veterinariya xizmati rahbariyati tomonidan veterinariya xizmati mutaxassisi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar darajasi, o‘z faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish mahorati, shuningdek ilmiy va nazariy bilimlari darajasi to‘g‘risida berilgan ijobiy fikrnomaning mavjudligi;b) ikkinchi malaka toifasiga egaligi to‘g‘risidagi sertifikatning mavjudligi va veterinariya xizmati mutaxassisligida kamida 3 yillik ish tajribasi bo‘lishi (ikkinchi malaka toifasi berilgan sanadan boshlab);v) malaka oshirish kurslaridagi o‘qish natijalari.28. Oliy malaka toifasini olish uchun veterinariya xizmati mutaxassislari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:a) veterinariya xizmati rahbariyati tomonidan veterinariya xizmati mutaxassisining veterinariya sohasidagi ilmiy yutuqlarni umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalari, shuningdek paydo bo‘ladigan kasbiy tarmoq masalalarini hal etishga ijodiy yondashish qobiliyati darajasi to‘g‘risida berilgan ijobiy fikrnomaning mavjudligi;b) birinchi malaka toifasiga egaligi to‘g‘risidagi sertifikatning mavjudligi va veterinariya xizmati mutaxassisligida kamida 3 yillik ish tajribasi bo‘lishi (birinchi malaka toifasi berilgan sanadan boshlab);v) malaka oshirish kurslaridagi o‘qish natijalari.29. Ilmiy darajaga ega bo‘lgan veterinariya mutaxassislariga oliy malaka toifasi beriladi. Bunda ularga ushbu Nizom 28-bandining “b” va “v” kichik bandlari talablari tatbiq etilmaydi.30. Veterinariya sohasida 2016-yilgacha, ya’ni malaka talablari joriy etilgunga qadar uzluksiz 5 yildan ko‘p ish tajribasiga ega bo‘lgan veterinariya mutaxassislari birinchi malaka toifasiga hamda veterinariya sohasida 10 yildan ko‘p ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali veterinariya mutaxassislari oliy malaka toifasiga da’vogar bo‘lishlari mumkin.Oldingi tahrirga qarang.
31. Tegishli malaka toifalariga ega bo‘lgan veterinariya xizmati, shu jumladan boshqaruv xodimlarining oylik ish haqlariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan budjet mablag‘lari hisobidan quyidagicha ustamalar belgilanadi:ikkinchi toifali — 8,8 foiz;birinchi toifali — 12,3 foiz;oliy toifali — 21,1 foiz.(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)7-bob. Malaka oshirish sifatini nazorat qilish32. Veterinariya xizmati mutaxassislarining malaka oshirish sifatini baholash va nazorat qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:a) ichki nazorat quyidagilardan iborat bo‘ladi:bazaviy bilimlarini baholash;yangi bilimlar, ko‘nikmalar va kasbiy mahoratini joriy nazorat qilish;mutaxassislik bo‘yicha attestatsiya natijalari yuzasidan yakuniy nazorat;b) Qo‘mita, shuningdek veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan tashqi nazorat.33. Malaka oshirish kurslarining 30 akademik soatdan ko‘p mashg‘ulotlarida uzrsiz sabablar bilan qatnashmagan, shuningdek belgilangan yuklamani bajarmagan va malaka oshirish kursi dasturini o‘zlashtirmagan tinglovchilar belgilangan tartibda tinglovchilar safidan chiqariladi.34. Yakuniy nazoratni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Attestatsiya komissiyasi deb ataladi) tarkibi Qo‘mita bilan oldindan kelishgan holda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori tomonidan tasdiqlanadi.35. Veterinariya xodimlarini malaka toifasi olish uchun attestatsiya xolislik va oshkoralik prinsiplari asosida o‘tkazilib, attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifalari beriladi.Attestatsiya komissiyasi tarkibi Qo‘mita bilan kelishilgan holda kamida yetti nafar a’zodan, shu jumladan Attestatsiya komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibidan iborat tarkibda Institut rektorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi.Attestatsiya komissiyasi tarkibi har yili kamida yigirma foizi yangilangan holda qayta tasdiqlanadi.36. Attestatsiya komissiyasi:attestatsiyadan o‘tkaziladigan talabgor haqida qisqacha axborotni tinglaydi;attestatsiyadan o‘tadigan talabgorga savollar beradi, uning javoblari natijalari bo‘yicha ochiq ovoz berishni o‘tkazadi;attestatsiya natijasi bo‘yicha talabgorga baho beradi;attestatsiyadan o‘tgan talabgor faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beradi;attestatsiya savollarini tuzadi va ularni yangilab boradi.Attestatsiya komissiyasi yig‘ilishi uning ishida attestatsiya komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi va berilgan savollar va javoblar maxsus (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) daftarda qayd etiladi.Attestatsiya natijalarini baholash mezonlari Qo‘mita tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.37. Malaka toifasi berish bo‘yicha attestatsiya natijalari Attestatsiya komissiyasi majlisida e’lon qilinadi va Attestatsiya komissiyasining protokoli (bayoni) tarzida rasmiylashtiriladi hamda komissiya raisi, rais o‘rinbosari va kotib tomonidan imzolanadi.38. Tinglovchilar attestatsiyaga uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, veterinariya xizmati rahbarlarining asosli ma’lumotnomasi) ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chiriladi;Tinglovchilar uzrsiz sababga ko‘ra attestatsiyada ishtirok etmagan bo‘lsa attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi hamda unga nisbatan “Attestatsiyadan o‘tmadi, tegishli malaka toifasi tushirilsin” qarori qabul qilinadi.8-bob. Malaka oshirish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risida hujjat39. Veterinariya xizmati mutaxassislari malaka oshirish kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat (keyingi o‘rinlarda sertifikat deb ataladi) mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shakl bo‘yicha 5 yil muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Sertifikat qat’iy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi, hisob seriyasi, raqami va himoya elementiga ega bo‘ladi hamda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda elektron shaklda beriladi.(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/33/0047-son)Sertifikat blankalari Malaka oshirish markazi buyurtmasiga muvofiq, belgilangan tartibda tayyorlanadi.Malaka oshirish markazi sertifikatlarning hisobini yuritish, saqlash va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javobgar hisoblanadi.41. Malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘ta olmagan veterinariya xizmati mutaxassislari 6 oy mobaynida o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lov asosida ushbu kurslardan o‘tadi.Malaka oshirish kurslaridan takroran o‘tgan, lekin o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘ta olmagan veterinariya xizmati mutaxassislarining malaka toifasi pasaytiriladi yoki ularning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi to‘g‘risidagi masala belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.42. Attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan veterinariya xizmati mutaxassislari natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda shikoyat berishlari mumkin.Apellatsiya komissiyasi shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun institut rektori buyrug‘i bilan o‘quv yilining birinchi oyida uch kishidan iborat tarkibda tashkil etiladi.Apellatsiya komissiyasi tarkibi institutning rahbar xodimi, kasaba uyushmasi vakili va malaka toifasiga ega bo‘lgan bir nafar veterinariya mutaxassisidan iborat bo‘ladi.Apellatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyasi tarkibidan a’zo kiritilmaydi.Apellatsiya komissiyasi yig‘ilishida komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega bo‘ladi.Shikoyat ro‘yxatga olingan kunning o‘zida ko‘rib chiqiladi.Murojaat etuvchi apellatsiya komissiyasi tomonidan shikoyati ko‘rib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin.Apellatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi qarorini o‘zgartirishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, qayta attestatsiya tashkil etish haqida qaror chiqaradi.Oldingi tahrirga qarang.
421. Elektron shaklda sertifikat berish tizimi joriy etilgunga qadar olingan sertifikat yo‘qotib qo‘yilgan yoki foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan taqdirda, uning egasiga Malaka oshirish markaziga taqdim etilgan arizaga asosan uch kun ichida elektron shaklda yangi sertifikat beriladi.(421-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 33-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/33/0047-son)Oldingi tahrirga qarang.(9-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 33-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/33/0047-son)10-bob. Yakunlovchi qoidalar45. Ushbu Nizom talablarini bajarish munosabati bilan paydo bo‘ladigan nizolar belgilangan tartibda hal etiladi.46. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVAVeterinariya xizmati mutaxassislari malakasini oshirish tiziminingTASHKILIY TUZILMASI


Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVAVeterinariya xizmati mutaxassislari malakasini oshirish kurslarini tashkil etishSXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Bosqichlar

Tadbirlar


Mas’ullar


Bajarish muddatlari

1-bosqich


Veterinariya xizmatining malaka oshirishga yuboriladigan mutaxassislari ro‘yxatini shakllantirish, o‘quv rejasi va dasturini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Har yili
10-dekabrgacha








2-bosqich


O‘quv jarayoni:

2.1. Mashg‘ulotlar Samarqand veterinariya meditsinasi institutida o‘tkaziladi.
2.2. Ilmiy-tadqiqot institutilarida, veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi tashkilotlarda, yetakchi chorvachilik xo‘jaliklarida malaka amaliyotidan o‘tish.

2.1. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

2.2. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi


Har yili may-iyun oylarida — rahbarlar uchun;

tasdiqlangan reja bo‘yicha — veterinariya xizmati mutaxassislari uchun








3-bosqich


Sertifikat berish:

3.1. Attestatsiya natijalari.
3.2. Ijobiy baho olgan veterinariya xizmati mutaxassislariga attestatsiya natijalari bo‘yicha va Attestatsiya komissiyasining qaroriga binoan sertifikat beriladi. Attestatsiyadan o‘tmagan veterinariya xizmati mutaxassislariga sertifikat berilmaydi.

Attestatsiya komissiyasi


Kurs tugagandan so‘ng

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVAOldingi tahrirga qarang.

(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI VETERINARIYA VA ChORVAChILIKNI RIVOJLANTIRISh QO‘MITASI

Veterinariya xizmati mutaxassislari malaka oshirish va qayta tayyorlash
kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risida
SERTIFIKAT
MO № 000000

20_____ yil “____” _________







________________________________ (berilgan joyi)

____________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____yil “_______”____________________dan 20_______ yil “______”___________________________ gacha
________________________________________________________________________________________ dagi

(ta’lim muassasasining nomi)

__________________________________________________________________________________________ da

(malaka oshirish qayta tayyorlash va kurslarining nomi)

___________________________________________________________ soatli kurslardan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Attestatsiya komissiyasining 20___ yil “_____”__________________________________________________dagi

“____” -son qaroriga binoan unga _______________________________________________________________

(oliy, birinchi, ikkinchi)

malaka toifasi berildi.
Attestatsiya komissiyasining raisi QR-kod ________________________________________________________








(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20___ “___” ____________ gacha amal qiladi.









































(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga
5-ILOVAO‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisini qishloq xo‘jaligi hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish hamda go‘sht va sut mahsulotlarini yetkazib berish va sotish chog‘ida veterinariya-sanitariya talablariga rioya etish to‘g‘risida” 1995-yil 28-sentabrdagi 379-son qarorida 1, 2-bandlarning birinchi xatboshilaridagi va 3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.2. Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar faoliyatini takomillashtirish va mahsulotlar sotish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 22-iyundagi 239-son qarorining 7-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.Oldingi tahrirga qarang.(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) 12-bandning o‘n birinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasining” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 397-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 17-18-son, 147-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibida:a) 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasiga” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;b) 4-ilovaning nomidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasiga” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.Oldingi tahrirga qarang.(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 328-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/328/0652-son)7. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 10-bandi beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.8. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) “Mas’ul davlat organlari” ustuni 84-pozitsiyasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.9. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro parvozlar uchun Navoiy aeroportini ochish to‘g‘risida” 2008-yil 21-avgustdagi 188-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-yil, 34-son, 334-modda) 3 va 4-bandlardagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.10. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-oktabrdagi 289-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan “Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 7 va 8-bandlarining ikkinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.Oldingi tahrirga qarang.(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)12. Vazirlar Mahkamasining “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 8-iyuldagi 202-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 64-modda):a) 3-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari, 5-bandning uchinchi xatboshisi, 6-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 4-ilovaning 2 va 4-bandlari, 6-band birinchi xatboshisi192021 va 22-bandlaridagi “veterinariya bo‘lim” so‘zlari tegishli kelishikdagi “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;b) 6-bandning ikkinchi xatboshisi va 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasining” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;v) 4-ilovaning 36, va 19-bandlardagi “ro‘yxatga olish guvohnomasi” so‘zlari “veterinariya pasporti” so‘zlari bilan almashtirilsin.g) 4-ilovaning 3-band ikkinchi xatboshisidagi “belgi qo‘yiladi.” so‘zlari “ma’lumotlar kiritiladi.” so‘zlari bilan almashtirilsin.d) 4-ilovaning 5-bandi “vaksinatsiya qilinishi” so‘zlaridan keyin “hamda veterinariya pasporti rasmiylashtirilishi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.e) 4-ilovaning 12-bandi uchinchi xatboshisidagi “itning laqabi, it egasining manzili, telefon” so‘zlari “identifikatsion” so‘zlari bilan almashtirilsin.j) 4-ilovaning 20-bandi to‘rtinchi xatboshisidan “davlat” so‘zi chiqarib tashlansin.z) 4-ilovaning 14-bandi uchinchi xatboshsidagi “ro‘yxatga olish guvohnomasi, veterinariya guvohnomasi” so‘zlari “veterinariya pasporti” so‘zlari bilan almashtirilsin.Oldingi tahrirga qarang.(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)14. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 45-46-son, 478-modda) bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizomning 4 va 6-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.15. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroridagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 2-modda) “davlat veterinariya bo‘lim” so‘zlari tegishli kelishikdagi “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim” so‘zlari bilan almashtirilsin.Oldingi tahrirga qarang.(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)17. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning:a) 15-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat veterinariya qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi(keyingi o‘rinlarda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;b) 18-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;v) 27-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:“27. Veterinariya sohasida davlat veterinariya xizmati nomidan davlat ekologik nazorati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlarining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi”.18. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 37-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Naslli mahsulotni (materialni) eksport va import qilish tartibi to‘g‘risida nizomning 7-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.19. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) 1-ilovasi 364-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.” so‘zlari bilan almashtirilsin.20. Vazirlar Mahkamasining “Davlat veterinariya xizmati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 25-oktabrdagi 361-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 43-son, 503-modda) 5-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

T/r

Kasalliklar ro‘yxati


1. Bir necha hayvonot turi uchun umumiy bo‘lgan kasalliklar


1.

1.

Oqsil


2.

2.

Brutsellyoz


3.

3.

Auyeski


4.

4.

Leptospiroz


5.

5.

Kuydirgi


6.

6.

Quturish


7.

7.

Listerioz


8.

8.

Sil


9.

9.

Ku-bezgagi


10.

10.

O‘lat


2. Qoramollarning kasalliklari


11.

1.

Yuqumli tugunli (nodulyar) dermatit


12.

2.

Emfizematoz karbunkul (qorason)


3. Qo‘y va echkilarning kasalliklari


13.

1.

Chechak


14.

2.

Bradzot enterotoksemiya


15.

3.

Skrepi


4. Cho‘chqalarning kasalliklari


16.

1.

Afrika o‘lati


5. Ot va tuyalarning kasalliklari


17.

1.

Manqa


18.

2.

Yuqumli anemiya (INAN)


19.

3.

Gripp (inflyuensa)


20.

4.

Otlarning Afrika o‘lati


6. Parrandalarning kasalliklari


21.

1.

Nyukasl kasalligi


22.

2.

Chechak


23.

3.

Yuqumli laringotraxeit


24.

4.

Ornitoz (psitakoz)


25.

5.

Yuqori patogenli gripp


26.

6.

Mareka


7. Mo‘ynali hayvonlar, quyonlar va mayda uy hayvonlarining kasalliklari


27.

1.

Quyonlarning gemorragik ka�alligi


28.

2.

Sestodozlar


29.

3.

Quyonlar miksomatozi


8. O‘zbekiston Respublikasi hududida ilgari ro‘yxatga olinmagan barcha turdagi hayvonlarning xavfli kasalliklari

Izoh: mazkur tadbirlarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan yordamchi vositalar ya’ni shprits, paxta, igna, spirt va boshqalar budjet mablag‘laridan ta’milanadi”.21. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2019-yillarda dehqon xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida 100 boshdan parranda boqish, limon, unabi va grek yong‘og‘i yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 2.8-bandidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.22. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 517-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 29-son, 700-modda) bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining 7-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.23. Vazirlar Mahkamasining “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 22-sentabrdagi 748-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 38-son, 1057-modda):Oldingi tahrirga qarang.
a) 2-bandning birinchi xatboshisi, ilovaning 2-band uchinchi xatboshisi421-bandlarda va 7-ilovadagi “veterinariya bo‘lim” so‘zlari tegishli kelishikdagi “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;(23-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)b) 46-bandlarda, ilovaning 16-bandi va 47-band o‘n birinchi xatboshilaridagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;v) 2-band uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.24. Vazirlar Mahkamasining “Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-dekabrdagi 963-son qarorida:a) 1-bandi uchinchi xatboshisi, 2-ilovaning nomi1312 va 13-bandlaridagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.b) 1-ilovaning 5-bandi beshinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) veterinariya bo‘limlari” so‘zlari “tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.v) 2-ilovaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:“Xodimlarning ish faoliyati samaradorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida, shuningdek, ular tomonidan mamlakatimizda chorva mollari va parrandalar bosh sonini barqaror oshirishni ta’minlash, veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya servis sifatini oshirish, hayvonlarning sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, naslchilik-seleksiya ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion uslublarini joriy etish, sun’iy urug‘lantirish ishlarini tizimli tashkil etishni ta’minlaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan moddiy rag‘batlantirish tadbirlari amalga oshiriladi.”;g) 2-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:“Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida ularning oylik maoshiga qo‘shimcha tarzda:xodimning mutaxassisligi bo‘yicha ko‘p yillik xizmatlari uchun qat’iy belgilangan lavozim maoshiga ustama;O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan belgilanadigan shaxsiy ustamalar;oylik, choraklik, yil yakuni bo‘yicha hamda bayram kunlari uchun mukofotlar;ishdagi yutuqlari uchun moddiy rag‘batlantirishlar;ishdan tashqari vaqtda ishga jalb etilgani uchun to‘lovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar;xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va ular sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam;xodimlarning hayotini sug‘urta qilish yoki boshqa turdagi to‘lovlar belgilanadi.”;d) 2-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:“Xodimning mutaxassisligi bo‘yicha ko‘p yillik xizmatlari uchun qat’iy belgilangan lavozim maoshiga quyidagi ustamalar budjet mablag‘laridan har oyda tarif setkasi va shtat jadvaliga muvofiq to‘lanadi:3 yildan 5 yilgacha — 5 foiz;5 yildan 10 yilgacha — 10 foiz;10 yildan 15 yilgacha — 15 foiz;15 yildan 20 yilgacha — 20 foiz;20 yildan 25 yilgacha — 25 foiz;25 yildan ortiq — 30 foiz.”;e) 2-ilova quyidagi tahrirda 7-band bilan to‘ldirilsin:“Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Qo‘mitaning malakali, tashabbuskor xodimlariga rais tomonidan veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan shaxsiy ustamalar belgilanadi.”;j) 2-ilovaning 7-8-bandlari tegishli ravishda 8-9-bandlar deb hisoblansin;z) 2-ilovaning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:“Yangi yil, 8-mart xotin-qizlar kuni, Navro‘z bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayram kuni va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayram kuni uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravari miqdorda mukofotlanadi.”;k) 2-ilova quyidagi tahrirda 10-band bilan to‘ldirilsin:“Ishdagi yutuqlari uchun xodimlarni oylik ish haqining ikki baravarigacha miqdorda moddiy rag‘batlantiradi.”;l) 2-ilovaning 10-bandi tegishli ravishda 11-band deb hisoblansin;m) 2-ilova quyidagi tahrirda 12-band bilan to‘ldirilsin:“Shaxsiy ustamalar, mukofotlar va moddiy rag‘batlantirishlar miqdorini belgilashda mehnatga haq to‘lashga oid Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentlari bilan ustamalar va qo‘shimcha haqlar, shuningdek budjetdan moliyalashtiriladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga 40 (20) foizlik qo‘shimcha (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) lavozim maoshi hisob-kitobiga kiritiladi.”;n) 2-ilova quyidagi tahrirda 13-band bilan to‘ldirilsin:“Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlarida ishga jalb etilganligi uchun to‘lovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar to‘lanadi”;o) 2-ilovaning 13-bandi tegishli ravishda 14-band deb hisoblansin;p) 2-ilovaning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:“Xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yo‘l transporti uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari hamda xodimlarning tushlik ovqatlanishi xarajatlariga ko‘maklashish maqsadida eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida to‘lovlar amalga oshiriladi.”;r) 2-ilovaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:“Quyidagilar xodimlarni rag‘batlantirishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.”25. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatining 3-bobi 1-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.26. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 165-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.27. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-oktabrdagi 829-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan kiritiladigan va “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati doirasida taqdim etiladigan axborot ro‘yxatining 11 va 12-bandlaridagi vakolatli organning nomi ustunida”O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.Oldingi tahrirga qarang.(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 83-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/83/0157-son)29. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda o‘zbek sirk san’atini yanada rivojlantirish hamda “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 7 va 13-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.Oldingi tahrirga qarang.(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga
6-ILOVAO‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlariRO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Veterinariya xizmati yosh kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish, mutaxassislarining malakasini oshirish, shuningdek ularni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 8-avgustdagi 253-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 8-son, 61-modda).2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-avgustdagi 624-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 173-modda).3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilovaning 69 va 109-bandlari.4. Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son