📈Hayvonlarni identifikasiya qilish bo’yicha yangi loyihalar amalga oshirilmoqda









🔰Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi Identifikasiya markazi mutaxassislari tomonidan Xorazm viloyatida  davlatimiz rahbarining “Chorvachilikda identifikasiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ya’ni hayvonlarni identifikasiya qilish ishlariga jalb qilinadigan xodimlarni o’qitish va malakasini oshirish bo’yicha o’quv seminarlari tashkil etildi.
 
 Seminarda tuman va shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limlari xodimlari hamda veterinariya uchastka mudirlari ishtirok etdi.