📌Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati doimiy nazoratda


🔰 Xorazm viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash bo‘linmasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassislari bilan hamkorlikda dehqon bozorlarida Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan aholiga arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil qilingan bo'lib u yerda sotilayotgan oziq-ovqatlarni sifatini tekshirish maqsadida bozor hududida nazorat tadbirlarini olib borishmoqda.

🔵Tadbirlar davomida mas'ul xodimlar tomonidan bozorlarda sotilayotgan oziq-ovqat va go‘sht mahsulotlarining sifat sertifikatlarini tekshirish xar kunlik nazoratga olinib targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.