📌Karpat asalarisi haqida eshitganmisiz?
🐝Karpat asalari – asosan Karpat tog’lari va vodiylarida keng tarqalgan bo’lib, tashqi ko’rinish belgilari Krainka nasliga yaqin bo’lgan holda, tanasining rangi kulrang ko’rinishga ega.
🐝Urchimagan ona arining tana vazni 185 mgr, urchigan ona arisining vazni esa, 205 mgr ni tashkil etadi. 1 kunlik ishchi arining vazni 110 mgr ga teng, xartumchasining uzunligi 6,3–7,0 millimetrga teng.
✅Asalari uyasining ustini oqish rangdagi parda bilan berkitadi.
Mazkur arilar sovuqqa chidamli bo’lib, asosan Markaziy Osiyoda boqiladigan turlar sirasiga kiradi.