DAVLAT VETERINARIYA XIZMATI TIZIMIDA RUXSAT ETISH XUSUSIYATIGA EGA HUJJATLARNI BERISH TARTIB-TAOMILLARIDAN O‘TISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA







                                                        O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 

qarori


Davlat veterinariya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, davlat veterinariya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni yanada tartibga solish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Hayvonotga. mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatiga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar;

tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘rtasida ushbu qarorning maqsadlari, mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqlasinlar hamda uning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasinlar.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017-yil 15-mart,

139-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son qaroriga
 1-ILOVA

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Veterinariya to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom fuqarolar tomonidan uy sharoitlarida so‘yish mahsulotlariga va go‘sht mahsulotlariga, shuningdek so‘yish mahsulotlariga va shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan, respublika hududida muomalaga chiqarilmaydigan go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, utilizatsiya qilish jarayonlariga tatbiq etilmaydi. 

2. Ixtisoslashgan so‘yish korxonasining veterinariya va veterinariya-sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

3. Veterinariya-sanitariya xulosasi besh yil muddatga beriladi.

4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

arizachi — veterinariya-sanitariya xulosasi olish uchun tuman yoki shahar davlat veterinariya xizmati bo‘limiga hujjatlar taqdim etuvchi tadbirkorlik subyekti (yuridik shaxs yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor);

   Oldingi tahrirga qarang.

vakolatli organ — arizachining veterinariya-sanitariya xulosasi berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiquvchi va belgilangan tartibda veterinariya-sanitariya xulosasi berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi tuman yoki shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi;

   (4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

veterinariya-sanitariya xulosasi — davlat veterinariya xizmatining vakolatli organlari tomonidan hayvonlarni so‘yishni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga berilgan hujjat; 

ixtisoslashgan so‘yish korxonasi — hayvonlarni so‘yish uchun zamonaviy mexanizatsiyalashtirilgan yoki avtomatlashtirilgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan bino va xonalari mavjud bo‘lgan korxona;

so‘yiladigan hayvonlar — yirik va mayda mol, cho‘chqa, ot, tuya, quyon, uy parrandalarining barcha turlari;

so‘yishdan oldingi veterinariya ko‘rigi — so‘yiladigan hayvonlarni xo‘jalikdan jo‘natish va so‘yishdan avval ixtisoslashgan so‘yish korxonasida veterinariya mutaxassislari tomonidan, belgilangan tartibda tekshirishdan o‘tkazish;

so‘yishdan keyingi ko‘rik — so‘yilgan hayvon go‘shti va ichki organlarining iste’molga yaroqliligini aniqlash maqsadida ixtisoslashgan so‘yish korxonasida veterinariya mutaxassisi tomonidan, belgilangan tartibda tekshirishdan o‘tkazish.

5. 14 kunlikdan kichik bo‘lmagan sog‘lom hayvonlarning, barcha turdagi uy parrandalarining esa — 30 kunligidan boshlab so‘yilishiga yo‘l qo‘yiladi.

2-bob. Ruxsat etuvchi talablar va shartlar

6. Quyidagilar Veterinariya-sanitariya xulosasi berishda ruxsat etuvchi talab va shartlar hisoblanadi:

   Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va me’yorlariga rioya qilish;

   (6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

ixtisoslashgan so‘yish korxonalarini qurish va ulardan foydalanishda loyiha parametrlariga rioya qilish;

zaruriy veterinariya, veterinariya-sanitariya va epizootiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishda davlat veterinariya inspektorlarining ko‘rsatmalarini bajarish;

ixtisoslashgan so‘yish korxonasining mavjudligi;

hayvonlar kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining manbalarini, ularning odam va hayvonlarga yuqish omillarini aniqlash maqsadida, tegishli diagnostika tadbirlarini o‘tkazish (zaruriyat bo‘lganda);

ixtisoslashgan so‘yish korxonasidagi so‘yishdan avvalgi ko‘rik xonalarini veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq holda saqlash;

mahsulot va xomashyo saqlanishi uchun mo‘ljallangan bino va boshqa inshootlarni, shuningdek chiqindilarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq saqlash.

3-bob. Veterinariya-sanitariya xulosasi olish uchun zarur hujjatlar

7. Veterinariya-sanitariya xulosasi olish uchun arizachi ixtisoslashgan so‘yish korxonasi joylashgan manzili bo‘yicha vakolatli organga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza taqdim etib, unga quyidagilarni ilova qiladi:

   Oldingi tahrirga qarang.

   (7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)

ixtisoslashgan so‘yish korxonasi xonalarining qurilish, texnik va ishlab chiqarish tavsifi to‘g‘risidagi, shuningdek binolarning o‘z mulki yoki ijaraga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.

Arizachidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

8. Veterinariya-sanitariya xulosasi olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar arizachi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

9. Veterinariya-sanitariya xulosasi olish uchun vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinib, hujjatlarning qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda arizachiga darhol beriladi (yuboriladi).

10. Arizachiga veterinariya-sanitariya xulosasini berish uchun davlat boshqa organlarida mavjud bo‘lgan hujjat va ma’lumotlar talab etilgan hollarda, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha soddalashtirilgan tartibdagi so‘rov jo‘natilib, vakolatli organ ushbu hujjatlarni arizachi ishtirokisiz qabul qilib oladi.

4-bob. Veterinariya-sanitariya xulosasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish.
 Veterinariya-sanitariya xulosasi berish

11. Vakolatli organ ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqib, veterinariya-sanitariya xulosasi berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Veterinariya-sanitariya xulosasi davlat vakolatli organining veterinariya mutaxassislari tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi bo‘yicha tegishli tekshirishlar o‘tkazilgandan keyin hamda ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, vakolatli organga taqdim etilgandan so‘ng beriladi.

12. Veterinariya-sanitariya xulosasi ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.

13. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmagan holda arizachiga veterinariya-sanitariya xulosasini beradi (yuboradi) yoki veterinariya-sanitariya xulosasi berishni rad etish to‘g‘risida arizachini yozma ravishda xabardor qiladi.

Arizachining arizasi ko‘rib chiqilishi uchun yig‘im undirilmaydi.

14. Veterinariya-sanitariya xulosasini berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:

arizachi tomonidan ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda;

arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;

arizachi ruxsat etuvchi talablar va shartlarga muvofiq bo‘lmaganda.

15. Boshqa asoslanmagan sabablarga, shu jumladan maqsadga nomuvofiqligiga ko‘ra veterinariya-sanitariya xulosasi berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

16. Veterinariya-sanitariya xulosasini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etilganligi haqidagi xabarnoma arizachiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va arizachi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

17. Veterinariya-sanitariya xulosasini berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda arizachi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, veterinariya-sanitariya xulosasi berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish arizachining arizasi va rad etish sabablari bartaraf qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng yetti ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. 

Arizachi arizasining qayta ko‘rib chiqilishi uchun yig‘im undirilmaydi.

18. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan arizachiga ilgari yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.

19. Veterinariya-sanitariya xulosasi berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan so‘ng arizachi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.

20. Arizachi veterinariya-sanitariya xulosasi berishning rad etilishi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (yoki harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

5-bob. Veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilish muddatini uzaytirish

21. Veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilish muddati tugagach, arizachining arizasiga ko‘ra uning muddati uzaytirilishi mumkin.

22. Veterinariya-sanitariya xulosasining muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilish muddati tugamasdan avval topshirilishi kerak.

23. Veterinariya-sanitariya xulosasining muddatini uzaytirish veterinariya-sanitariya xulosasini berish uchun nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

24. Veterinariya-sanitariya xulosasining muddatini uzaytirish uchun yig‘im undirilmaydi.

6-bob. Veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish va dublikat berish

25. Arizachi — yuridik shaxs o‘zgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, arizachi yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.

26. Jismoniy shaxs bo‘lgan arizachining unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, arizachi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.

   Oldingi tahrirga qarang.

261. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida veterinariya-sanitariya xulosasiga ega bo‘lgan ariza beruvchi yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, veterinariya-sanitariya xulosasini ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. 

262. Veterinariya-sanitariya xulosasida mavjud ma’lumotlar mazkur Nizomning 25, 26 va 261-bandlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, veterinariya-sanitariya xulosasi ariza beruvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.

   (261 va 262-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son) 

27. Hujjatlar arizachi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

28. Veterinariya-sanitariya xulosasi qayta rasmiylashtirilgunga qadar, arizachi yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qo‘yilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni bajaradi yoki amalga oshiradi.

29. Veterinariya-sanitariya xulosasi qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan veterinariya-sanitariya xulosalari reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

Veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli organ tomonidan ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng uch ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.

30. Arizachidan ushbu Nizomning 25 va 26-bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

31. Veterinariya-sanitariya xulosasi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda arizachining arizasiga asosan uning dublikati beriladi.

Vakolatli organ arizachidan ariza qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda veterinariya-sanitariya xulosasi dublikatini, shuningdek yaroqsiz holdagi veterinariya-sanitariya xulosasining asl nusxasini berishi (yuborishi) shart.

32. Veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar undirilmaydi.

7-bob. Veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish

33. Veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.

34. Veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan, ruxsat berish talablari va shartlarining bir marotaba qo‘pol ravishda buzilishiga hayvonlarni so‘yish natijasida odamlar hayotiga va salomatligiga zarar yetkazish yoxud zarar yetkazilishining real xavfini paydo qilish kiradi.

8-bob. Berilgan veterinariya-sanitariya xulosalari reyestri

35. Vakolatli organ berilgan veterinariya-sanitariya xulosalari reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

36. Berilgan veterinariya-sanitariya xulosalari reyestrida quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

arizachilar to‘g‘risida (arizachi — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), telefoni; arizachi — jismoniy shaxslar uchun — arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti ma’lumotlari, pochta manzili, telefoni);

veterinariya-sanitariya xulosasining berilgan sanasi va tartib raqami;

veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash, amal qilish muddatini uzaytirishning asoslari va sanalari;

veterinariya-sanitariya xulosasi amal qilishini to‘xtatishning asoslari va sanalari;

veterinariya-sanitariya xulosasi dublikatlarini berishning asoslari va sanalari; 

veterinariya-sanitariya xulosalarini bekor qilishning asoslari va sanasi.

37. Berilgan veterinariya-sanitariya xulosalarining reyestridagi ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.

9-bob. Yakunlovchi qoida

38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 1-ILOVA

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish

SXEMASI


Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 2-ILOVA

Veterinariya-sanitariya xulosasi berish uchun
 ARIZA

20__yil, “___”_________


№ ____________



ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi to‘g‘risida ________________________________________________________________________



(obyekt nomi, hayvon turlari)

1. Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli yoki yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O.:______________________________________________________

2. Manzili (pochta manzili):_________________________________________________

Indeksi: ______________ , telefoni: ________________ ,faksi yoki el.pochtasi:__________________________

3. STIR: __________________________

4. Aaldagi faoliyat ko‘rsatish manzili: ________________________________________________________________________

5. Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati:
 ixtisoslashgan so‘yish korxonasining joylashish sxemasi;
 ixtisoslashgan so‘yish korxonasi xonalarining qurilish, texnik va ishlab chiqarish tavsifi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi; ________________________________________________________________________

Arizachi rahbari

________


___________________________________



(imzo)


(F.I.O.)



M.O‘.
 (mavjud bo‘lganda)













Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 3-ILOVA

   Oldingi tahrirga qarang.

Muvofiqlik dalolatnomasi № _____________

Tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi veterinariya mutaxassislari tomonidan:
 ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

20__ yil ____dan ____ gacha _____________________________________________________________________
 ____________________________________________________________________________________________
 (obyekt, mahsulot, texnologiya nomi)

____________________________________________________________________________________________
 ____________________________________________________________________________________________
 __________________________________________________________________texnik ekspertizadan o‘tkazildi.
 (tashkilot nomi)

1. Ariza raqami va sanasi:______________________________________________________________________
 (obyekt, mahsulot, texnologiya nomi)
 ___________________________________________________________________________________________
 ___________________________________________________________________________________________

Muvofiqligi (nomuvofiqligi) aniqlandi: ________________________________________________________
 ____________________________________________________________________________________________
 (me’yoriy hujjatlar bandlari va bo‘limlari nomlari, raqamlari)
 ___________________________________________________________________________________________
 ___________________________________________________________________________________________

2. __________________________________________________________________________________________
 (obyekt, mahsulot, texnologiyaning qisqacha tavsifi)
 ____________________________________________________________________________________________
 ____________________________________________________________________________________________

3. Ishlarning texnik hujjatlari:_________________________________________________________________
 muvofiqligi (nomuvofiqligi)

4. Texnologik asbob-uskuna va jihozlari:__________________________________________________________
 muvofiqligi (nomuvofiqligi)

5. Xodimlarga qo‘yilgan talablar:_________________________________________________________________
 muvofiq (nomuvofiq)

6. Tashkilotning ichki nazoratiga talablar:_________________________________________________________
 muvofiqligi (nomuvofiqligi)

Tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari veterinariya mutaxassislarining darhol va kelgusida tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha takliflari:
 ____________________________________________________________________________________________
 ____________________________________________________________________________________________

qonunchilikning belgilangan talablariga muvofiq veterinariya xulosasi berish to‘g‘risida yakuniy xulosa:

Natijalarga asosan: ___________________________________________________________________________
 (o‘rganish bo‘yicha ko‘rilgan choralar)
 ____________________________________________________________________________________________
 ____________________________________________________________________________________________
 ________________________________________________________________________________________
ning
 (obyekt, mahsulot, texnologiya )

qonunchilik talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) aniqlandi.

Tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirishbo‘limlarining veterinariya mutaxassislari:


__________


_________________________________________________________


(imzo)


(F.I.O.)


__________


_________________________________________________________


(imzo)


(F.I.O.)

Arizachi vakili:

__________


__________________________________________________

(imzo)


(F.I.O.) 


 (sana)








   (3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 4-ILOVA

   Oldingi tahrirga qarang.




















Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi


Otdel veterinarii i razvitiya jivotnovodstva


 Veterinariya-sanitariya xulosasi

Berilgan veterinariya-sanitariya xulosalari reyestrida
 20___ yil “___” ____________ № _______ bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan

Amal qilish muddati: 20___ yil “____”__________ gacha

1. Mazkur xulosa ushbuni tasdiqlaydi:
 _______________________________________________________________________________________________________

(obyekt nomi, so‘yiladigan hayvon turlari)

_______________________________________________________________________________________________________

Qonunchilik talablariga muvofiq va quyidagi huquqlarni beradi: __________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________

2. Xulosa quyidagi tahlil natijalariga asoslangan:
 _______________________________________________________________________________________________________

(dalolatnomalar, mutaxassis xulosalari va h.k.)

3. Xulosa quyidagilarga asosan berildi:
 _______________________________________________________________________________________________________

(bandlar nomi, raqamlari, me’yoriy-huquqiy dalolatnomalar va h.k.)

4. Ushbu xulosa so‘yilgan hayvonlardan olingan chorvachilik mahsulotlarini sotish huquqini bermaydi.





















Rahbar


_________________


______________________________










(imzo)


(F.I.O.)



M.O‘.
 (mavjud bo‘lganda)























































   (4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son qaroriga
 2-ILOVA

Hayvonotga mansub mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Veterinariya to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi bo‘yicha veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibini belgilaydi.

2. Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema va shakl bo‘yicha amalga oshiriladi.

3. Veterinariya-sanitariya xulosasi besh yil muddatga beriladi.

4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

   Oldingi tahrirga qarang.

arizachi — veterinariya-sanitariya xulosasi olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga hujjatlar taqdim etuvchi tadbirkorlik subyekti (yuridik shaxs yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor);

   (4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

   Oldingi tahrirga qarang.

vakolatli organ — arizachining veterinariya-sanitariya xulosasi berish uchun yozgan arizasini ko‘rib chiquvchi va belgilangan tartibda veterinariya-sanitariya xulosasini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari;

   (4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

   Oldingi tahrirga qarang.

veterinariya-sanitariya xulosasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari tomonidan hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha arizachiga berilgan hujjat.

   (4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

2-bob. Ruxsat etuvchi talablar va sharoitlar

5. Quyidagilar veterinariya-sanitariya xulosasi berishda ruxsat etuvchi talab va shartlar hisoblanadi:

   Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va me’yorlariga rioya qilish;

   (5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish uchun bino va boshqa inshootlarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq saqlash.

3-bob. Veterinariya-sanitariya xulosasi olish uchun zarur hujjatlar

6. Veterinariya-sanitariya xulosasi olish uchun arizachi vakolatli organga quyidagilarni taqdim etadi:

veterinariya-sanitariya xulosasi olish to‘g‘risida 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza; 

hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish faoliyatini amalga oshirish uchun inshootlarning qurilish, texnik va ishlab chiqarish tavsifi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalari.

7. Arizachidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

8. Veterinariya-sanitariya xulosasi olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar arizachi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

9. Veterinariya-sanitariya xulosasi olish uchun vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinib, hujjatlarning qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda arizachiga darhol beriladi (yuboriladi).

10. Arizachiga veterinariya-sanitariya xulosasini berish uchun davlat boshqa organlarida mavjud bo‘lgan hujjat va ma’lumotlar talab etilgan hollarda, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha soddalashtirilgan tartibdagi so‘rov jo‘natilib, vakolatli organ ushbu hujjatlarni arizachi ishtirokisiz qabul qilib oladi.

4-bob. Veterinariya-sanitariya xulosasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish.
 Veterinariya-sanitariya xulosasi berish

11. Vakolatli organ ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab ularni yetti ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqib, veterinariya-sanitariya xulosasi berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Veterinariya-sanitariya xulosasi berish to‘g‘risidagi arizaning ko‘rib chiqilishi uchun yig‘im undirilmaydi.

   Oldingi tahrirga qarang.

Vakolatli organ tomonidan veterinariya-sanitariya xulosasi Hayvon kasalliklari va oziq-ovqat xavfsizligi tashxisi davlat markazlari tomonidan hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarning belgilangan talablarga muvofiqligi bo‘yicha tegishli tekshirishlar o‘tkazilgandan so‘ng beriladi. O‘tkazilgan tekshirish natijalari yuzasidan veterinariya laboratoriyalari tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuzilib, vakolatli organga taqdim etiladi.

   (11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 624-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 857-modda)

12. Veterinariya-sanitariya xulosasi ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi. 

13. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingandan boshlab bir ish kunidan kechiktirmagan holda arizachiga veterinariya-sanitariya xulosasini beradi (yuboradi) yoki veterinariya-sanitariya xulosasi berishni rad etish to‘g‘risida arizachini yozma ravishda xabardor qiladi.

Arizachining arizasi ko‘rib chiqilishi uchun yig‘im undirilmaydi. 

14. Veterinariya-sanitariya xulosasini berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:

arizachi tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda;

arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;

arizachi ruxsat etuvchi talablar va shartlarga muvofiq bo‘lmaganda.

15. Boshqa asoslanmagan sabablarga, shu jumladan maqsadga nomuvofiqligiga ko‘ra veterinariya-sanitariya xulosasini berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

16. Veterinariya-sanitariya xulosasini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etilganligi haqidagi xabarnoma arizachiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va arizachi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). 

17. Veterinariya-sanitariya xulosasini berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda arizachi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, veterinariya-sanitariya xulosasi berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish arizachining arizasi va rad etish sabablari bartaraf qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng yetti ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. 

Arizachi arizasining qayta ko‘rib chiqilishi uchun yig‘im undirilmaydi.

18. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan arizachiga ilgari yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.

19. Veterinariya-sanitariya xulosasi berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan so‘ng arizachi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.

20. Arizachi veterinariya-sanitariya xulosasi berishning rad etilishi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (yoki harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

21. Veterinariya-sanitariya xulosasi berilgan arizachilarga ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq faoliyat turlari bo‘yicha tartib raqami va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining harfiy-raqamli kodini hisobga olgan holda ro‘yxatga olish raqami beriladi.

5-bob. Veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilish muddatini uzaytirish

22. Veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilish muddati tugagach, arizachining arizasiga ko‘ra uning muddati uzaytirilishi mumkin.

23. Veterinariya-sanitariya xulosasining muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilish muddati tugamasdan avval topshirilishi kerak.

24. Veterinariya-sanitariya xulosasining muddatini uzaytirish veterinariya-sanitariya xulosasini berish uchun nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

25. Veterinariya-sanitariya xulosasining muddatini uzaytirish uchun yig‘im undirilmaydi.

6-bob. Veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish va dublikat berish

26. Arizachi — yuridik shaxs o‘zgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, arizachi yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.

27. Jismoniy shaxs bo‘lgan arizachining unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, arizachi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.

   Oldingi tahrirga qarang.

271. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida veterinariya-sanitariya xulosasiga ega bo‘lgan ariza beruvchi yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, veterinariya-sanitariya xulosasini ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. 

272. Veterinariya-sanitariya xulosasidagi mavjud ma’lumotlar mazkur Nizomning 26, 27 va 271-bandlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, veterinariya-sanitariya xulosasi ariza beruvchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.

   (271 va 272-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)

28. Hujjatlar arizachi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

29. Veterinariya-sanitariya xulosasi qayta rasmiylashtirilgunga qadar, arizachi yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qo‘yilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni bajaradi yoki amalga oshiradi.

30. Veterinariya-sanitariya xulosasi qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan veterinariya-sanitariya xulosalari reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

Veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli organ tomonidan ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng uch ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.

31. Arizachidan ushbu Nizomning 26 va 27-bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

32. Veterinariya-sanitariya xulosasi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, arizachining arizasiga asosan uning dublikati beriladi.

Vakolatli organ arizachidan ariza qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda veterinariya-sanitariya xulosasi dublikatini, shuningdek yaroqsiz holdagi veterinariya-sanitariya xulosasining asl nusxasini berishi (yuborishi) shart.

33. Veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar undirilmaydi.

7-bob. Veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish

34. Veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash), to‘xtatish va xulosani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.

35. Veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan, ruxsat berish talablari va shartlarining bir marotaba qo‘pol ravishda buzilishiga hayvonlarni so‘yish natijasida odamlar hayoti va salomatligiga zarar yetkazish yoxud zarar yetkazilishining real xavfini paydo qilish kiradi.

8-bob. Berilgan veterinariya-sanitariya xulosalari reyestri

36. Vakolatli organ berilgan veterinariya-sanitariya xulosalari reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

37. Berilgan veterinariya-sanitariya xulosalari reyestrida quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

arizachilar to‘g‘risida (arizachi — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), telefoni; arizachi — jismoniy shaxslar uchun — arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti ma’lumotlari, pochta manzili, telefoni);

veterinariya-sanitariya xulosasining berilgan sanasi va tartib raqami;

veterinariya-sanitariya xulosasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash, amal qilish muddatini uzaytirishning asoslari va sanalari;

veterinariya-sanitariya xulosasining amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanalari;

veterinariya-sanitariya xulosasi dublikatlarini berishning asoslari va sanalari;

veterinariya-sanitariya xulosasini bekor qilishning asoslari va sanasi.

38. Berilgan veterinariya-sanitariya xulosalari reyestridagi ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.

9-bob. Yakunlovchi qoida

39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.

Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 1-ILOVA

Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish

SXEMASI 


Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 2-ILOVA

Veterinariya-sanitariya xulosasi berish uchun
 ARIZA


20__yil, “___”_________


№ ________



Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi to‘g‘risida _______________________________________ 




(obyekt nomi, hayvon turlari) 

________________________________________________________________________
 1. Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli yoki yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O.:
 ________________________________________________________________________

2. Manzili (pochta manzili):________________________________________________________________

Indeksi: ______________ , telefoni: ________________ ,faksi yoki el.pochtasi:__________________________

3. STIR:
 ________________________________________________________________________

4. Amaldagi faoliyat ko‘rsatish manzili:_______________________________________ ________________________________________________________________________
 ________________________________________________________________________


Arizachi rahbari

________


_________________________________



(imzo)


(F.I.O.)



M.O‘.
 (mavjud bo‘lganda)













Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 3-ILOVA

   Oldingi tahrirga qarang.

Muvofiqlik dalolatnomasi № ___________

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hayvon kasalliklari va oziq-ovqat xavfsizligi tashxisi davlat markazlari mutaxassislari tomonidan:
 ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

20__ yil ____dan ____ gacha ________________________________________________________________________
 ________________________________________________________________________

(obyekt, mahsulot, texnologiya nomi)

_______________________________veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazildi.

1. Ariza raqami va sanasi:
 ________________________________________________________________________

(obyekt, mahsulot, texnologiya nomi) 


 _______________________________________________________________
 _______________________________________________________________

Muvofiqligi (nomuvofiqligi) aniqlandi:
 ________________________________________________________________________

(me’yoriy hujjatlar bandlari va bo‘limlari nomlari, raqamlar

________________________________________________________________________
 2. Ishlarning texnik hujjatlari: ____________________________________________




(muvofiqligi (nomuvofiqligi))

3. Texnologik jihoz va asbob-uskunalar:
 ________________________________________________________________________



(muvofiqligi (nomuvofiqligi))

4. Xodimlarga talablar: ____________________________________________________



(muvofiqligi (nomuvofiqligi))

5. Tashkilot ichki nazoratiga talablar: ________________________________________




(muvofiqligi (nomuvofiqligi))

6. Mahsulotga talablar:
 ________________________________________________________________________



(muvofiqligi (nomuvofiqligi))

________________________________________________________________________
 Qonunchilik talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) aniqlandi:
 ________________________________________________________________________

(obyekt, mahsulot, texnologiya nomi)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hayvon kasalliklari va oziq-ovqat xavfsizligi tashxisi davlat markazlari mutaxassislari:


________


____________________________________


(imzo)


(F.I.O.)


________


_____________________________________


(imzo)


(F.I.O.)

Arizachi vakili:

________


________________________________

(imzo)



_______________







(sana)







   (3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 624-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 857-modda)

Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 4-ILOVA

   Oldingi tahrirga qarang.





















Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi


Upravleniye veterinarii 
 i razvitiya jivotnovodstva


 Veterinariya-sanitariya xulosasi

Berilgan veterinariya-sanitariya xulosalari reyestrida
 20___ yil “___” ____________ № _______ bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan

Amal qilish muddati: 20___ yil “____”__________ gacha

1. Mazkur xulosa ushbuni tasdiqlaydi:
 _______________________________________________________________________________________________________

obyektning nomi, STIR, (hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo turi, texnologiya nomi)

Ishlab chiqilgan: _______________________________________________________________________________________

(arizachi nomi)

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq:
 _______________________________________________________________________________________________________
 _______________________________________________________________________________________________________

2. Xulosa quyidagi tahlil natijalariga asoslangan:
 _______________________________________________________________________________________________________

(dalolatnomalar, mutaxassis xulosalari va h.k.)

3. Xulosa quyidagilarga asosan berildi:
 _______________________________________________________________________________________________________

(bandlar nomi, raqamlari, me’yoriy-huquqiy dalolatnomalar va h.k.)

_______________________________________________________________________________________________________




















Rahbar


_________________


______________________________










(imzo)


(F.I.O.)



M.O‘.
 (mavjud bo‘lganda)























































   (4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 5-ILOVA

   Oldingi tahrirga qarang.

I. Hayvonlar va hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash, boqish, parvarishlash va uning realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi obyektlar tartib raqami 

T/r

Faoliyat turi mahsulot kodi

Kod

1.

Chorvachilik yo‘nalishidagi obyektlar:



qoramolchilik;

A1


qo‘ychilik va echkichilik, qorako‘lchilik;

A2


yilqichilik;

A3


tuyachilik;

A4


cho‘chqachilik;

A5


bo‘rdoqichilikka ixtisoslashgan korxonalar.

A6

2.

Parrandachilik (g‘ozchilik, o‘rdakchilik, tovuqchilik, bedanachilik, kurkachilik va tuyaqushchilik).

A7

3.

Baliqchilik.

V1

4.

Asalarichilik.

V2

5.

Quyonchilik.

V3

6.

Naslchilik-seleksiya yo‘nalishidagi korxonalar.

V4

7.

Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni saqlash va sotishni amalga oshiruvchi obyektlar.

C

8.

Veterinariya dori vositalarini saqlovchi va sotuvchi obyektlar.

D1

9.

Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi obyektlar.

D2

10.

Quyidagilarni qayta ishlovchi obyektlar:



go‘sht;

G1


baliq va baliq mahsulotlari;

G2


asal va asalarichilik mahsulotlari;

G3


sut va sut mahsulotlari;

G4


hayvonotga mansub xomashyo.

G5

11.

Ozuqa va ozuqa qo‘shimchalarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi obyektlar.

K

12.

Boshqa nomlanmagan obyektlar.

R

13.

Hayvonlarni so‘yish va dastlabki ishlov berish, parrandadan tashqari, qolgan mahsulotlarni saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi obyektlar.

U1

14.

Parrandalarni so‘yish va dastlabki ishlov berish, olingan mahsulotlarni saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi obyektlar.

U2

   (5-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son qaroriga
 3-ILOVA

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Veterinariya to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni (keyingi o‘rinlarda veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalar deb ataladi) ro‘yxatdan o‘tkazish va veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibini belgilaydi.

2. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi berish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema va shakl bo‘yicha amalga oshiriladi. 

3. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi arizachiga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha 5 yil muddatga beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni sotib olish majburiyatini yuklamaydi va sifat sertifikati hisoblanmaydi.

4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

arizachi — veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi olish maqsadida vakolatli organga murojaat etuvchi tadbirkorlik subyekti (yuridik shaxs yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor);

   Oldingi tahrirga qarang.

vakolatli organ — arizachining arizasini ko‘rib chiqish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berilishini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha Davlat ilmiy markazi;

   (4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi — veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish, sotish, qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilish huquqini beruvchi hujjat.

5. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasiga ega bo‘lmagan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish, sotish, qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishga yo‘l qo‘yilmaydi 

6. Ushbu Nizom 5-bandining talablari quyidagi maqsadlarda olib kelinayotgan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarga tatbiq etilmaydi:

— ekspertizadan o‘tkazish uchun sinov partiyalari va namunalari sifatida;

— ko‘rgazmalar, aprobatsiya va sinovlar o‘tkazish doirasida;

— hayvonlarning o‘ta xavfli kasalliklari bo‘yicha favqulodda holatlar yuzaga kelganda budjet tashkilotlarining talabiga ko‘ra keltiriladigan.

2-bob. Ruxsat etuvchi talablar va shartlar

7. Quyidagilar veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish, sotish, qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda ruxsat etuvchi talab va shartlar hisoblanadi:

arizachi tomonidan veterinariya qonunchiligiga, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatga olish hujjatlaridagi ma’lumotlarda havola qilingan me’yoriy-texnik hujjatlarga so‘zsiz rioya etish;

ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi amal qilish davrida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi egasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida, mazkur o‘zgartirishlar kiritilishining sabablari, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning samaradorligi, xavfsizligi, sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri haqida to‘liq ma’lumotlar keltirgan holda vakolatli organni xabardor qilish;

   Oldingi tahrirga qarang.

respublika hududidagi biologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Markaziy rejim komissiyasining xulosasiga muvofiq veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalar ishlab chiqarishni amalga oshirish;

   (7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlaridagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish.

3-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va namunalar

   Oldingi tahrirga qarang.

8. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini olish uchun arizachi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakil) vakolatli organga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza taqdim etib, unga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talab etiladigan hujjatlar va namunalarni ilova qiladi.

   (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 787-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son) 

9. Tadbirkorlik subyektidan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va namunalarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

10. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar arizachi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 

Bunda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur namunalar bevosita yoki pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi.

11. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini olish uchun vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, hujjatlarning qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda darhol arizachiga beriladi (yuboriladi).

12. Arizachiga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish uchun davlat boshqa organlarida mavjud bo‘lgan hujjat va ma’lumotlar talab etilgan holatlarda, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha soddalashtirilgan tartibdagi so‘rov jo‘natilib, vakolatli organ ushbu hujjatlarni arizachi ishtirokisiz qabul qilib oladi.

13. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini olish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maxfiy ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan oshkor qilinmasligi lozim.

4-bob. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish

   Oldingi tahrirga qarang.

14. Vakolatli organ mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar qabul qilib olingandan so‘ng uch kun muddatda arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligini ko‘rib chiqadi, talab etiladigan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda bartaraf etish uchun arizachiga qaytaradi.

   (14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

   Oldingi tahrirga qarang.

15. Vakolatli organ arizachi tomonidan hujjatlar to‘liq taqdim etilib, tegishli to‘lovlar amalga oshirilganidan so‘ng o‘ttiz ish kunidan oshmagan muddatda quyidagilarni amalga oshiradi:

   (15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;

   Oldingi tahrirga qarang.

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish sharoitlari, ishlab chiqaruvchi korxonaning ishlab chiqarishni tashkil etish va sifat nazoratini olib borish qoidalari talablariga muvofiqligini baholash;

   (15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning laboratoriya sinovlari va tahlillarini o‘tkazish;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning ta’sirchanligi, zararsizligi va sifatini tahlil qilish;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalar namunalarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, sifat ko‘rsatkichlari hamda tavsiya etilgan sinov usullari o‘tkazilishiga muvofiqligini o‘rganish.

Bunda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni aprobatsiya qilish va sinash ishlari vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan va arizachi bilan kelishilgan sinovlar dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.

   Oldingi tahrirga qarang.

   (15-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

   Oldingi tahrirga qarang.

16. Vakolatli organ mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar qabul qilib olingandan so‘ng o‘ttiz ish kunidan kechiktirmay, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashga xulosalar takdim qiladi. Ilmiy-texnik kengash ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi berish yoki berishning rad etilganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

   (16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

17. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingandan boshlab bir ish kunidan kechiktirmagan holda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini yuboradi (topshiradi) yoki ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berishni rad etish to‘g‘risida arizachini yozma ravishda xabardor qiladi.

   Oldingi tahrirga qarang.

18. Mahalliy ishlab chiqaruvchilardan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini olish, amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish, shuningdek, ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan ishlarning bajarilishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida yig‘im undiriladi.

Yig‘im summasi vakolatli organ hisob raqamiga o‘tkaziladi. 

Arizachi ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi olish uchun taqdim etilgan arizasidan yoki guvohnoma berish rad etilganda to‘langan yig‘im qaytarib berilmaydi. 

Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish, uni o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, dublikat berish, amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish uchun xorijiy ishlab chiqaruvchi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi vakili) tomonidan taqdim etilgan arizaning ko‘rib chiqilishi uchun undiriladigan yig‘im miqdori O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan vakolatli organida yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlar miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

   (18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

   Oldingi tahrirga qarang.

19. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida yig‘im undiriladi. 

   (19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

Undirilgan yig‘im summasi vakolatli organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.

20. Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

arizachi tomonidan ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda;

arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;

arizachi ruxsat etuvchi talablar va shartlarga muvofiq bo‘lmaganda;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda, shuningdek aprobatsiya va sinov natijalarining yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosalar olinganda.

21. Boshqa asoslanmagan sabablarga, shu jumladan maqsadga nomuvofiqligiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

22. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda rad etilganligi haqidagi xabarnoma arizachiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va arizachi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi). 

Arizachi ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish rad etilganligi sabablarini bartaraf etish va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga haqli bo‘lgan muddat rad etish haqidagi yozma yoki elektron xabar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas. 

23. Arizachi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan holatlarda, vakolatli organ tomonidan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish arizachining arizasi va rad etish sabablari bartaraf qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. 

Arizachining arizasini qayta ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.

24. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan arizachiga ilgari yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.

25. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan so‘ng arizachi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.

26. Arizachi ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berishning rad etilishi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (yoki harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

5-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish

27. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati tugagach, arizachining arizasiga ko‘ra uning muddati uzaytirilishi mumkin.

28. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati tugashiga 90 kun qolganda topshirilishi kerak.

29. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining muddatini uzaytirish ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.

6-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish va dublikat berish

30. Arizachi — yuridik shaxs o‘zgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, arizachi yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.

31. Jismoniy shaxs bo‘lgan arizachining unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, arizachi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.

   Oldingi tahrirga qarang.

311. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi ega bo‘lgan ariza beruvchi yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. 

312. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasidagi mavjud ma’lumotlar mazkur Nizomning 30, 31 va 311-bandlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi ariza beruvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.

   (311 va 312-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)

32. Hujjatlar arizachi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

33. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi qayta rasmiylashtirilgunga qadar, arizachi yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qo‘yilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatni va (yoki) faoliyat turini bajaradi yoki amalga oshiradi.

34. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli organ tomonidan ariza va tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng uch ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.

35. Arizachidan ushbu Nizomning 30 va 31-bandlarida ko‘zda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

36. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda arizachining arizasiga asosan uning dublikati beriladi.

Vakolatli organ arizachidan ariza qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining dublikatini, shuningdek yaroqsiz holdagi ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining asl nusxasini beradi (yuboradi).

37. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining dublikatini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar undirilmaydi.

7-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish

38. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash), to‘xtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.

39. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan ruxsat berish talablari va shartlarini bir marotaba qo‘pol ravishda buzilishiga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi amal qilishi natijasida odamlar yoki hayvonlar hayoti hamda sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoxud zarar yetkazilishining real xavfini paydo qilish kiradi.

8-bob. Berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari reyestri

40. Vakolatli organ berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

41. Berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari reyestrida quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

arizachilar to‘g‘risida (arizachi — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), telefoni; arizachi — jismoniy shaxslarning telefoni, familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti ma’lumotlari, pochta manzili, telefoni);

veterinariya dori vositasi va ozuqabop qo‘shimchaning nomi, ularning chiqarilish shakli, farmakoterapevtik guruhi va ta’sir etuvchi moddasi;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqaruvchi mamlakat va ishlab chiqaruvchi nomi;

ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining berilgan sanasi va tartib raqami;

ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va amal qilishini tiklash, amal qilish muddatini uzaytirishning asoslari va sanasi;

ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilishini to‘xtatishning asoslari va sanasi;

ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi dublikatlarini berishning asoslari va sanasi;

ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini bekor qilishning asoslari va sanasi.

42. Berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari reyestridagi ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.

9-bob. Yakunlovchi qoida

43. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 1-ILOVA 

   Oldingi tahrirga qarang.

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish 

SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

I bosqich

Arizachi

1. Ushbu Nizomning 8-bandiga asosan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Vakolatli organga hujjatlarni bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Arizachining

xohishiga ko‘ra

II bosqich

Vakolatli organ

Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat nusxasi hujjatlarning qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda vakolatli organ tomonidan darhol arizachiga beriladi (yuboriladi).

Hujjatlar qabul qilingandan

keyin 3 kun muddatda

III bosqich

Vakolatli organ.

Ilmiy-texnik kengash

Hujjatlarni ko‘rib chiqadi, Nizomning 15 va 16-bandlarida ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshiradi va shu asosda xulosa tayyorlaydi:

1. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish yoki uni rad etish.

2. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning ro‘yxatga olish bo‘yicha sinov ishlarini o‘tkazish.

3. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni sinash natijalari bo‘yicha xulosa berish.

Hujjatlar qabul qiligan sanadan boshlab o‘ttiz ish kuni mobaynida Sinovlar dasturiga muvofiq muddatlarda

IV bosqich

Vakolatli organ

Arizachiga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini beradi (yuboradi) yoki ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berilishini rad etish to‘g‘risida arizachini yozma shaklda xabardor qiladi.

Tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay

   (1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 2-ILOVA 

   Oldingi tahrirga qarang.
























































O‘zbekiston Respublikasi
 Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi
 Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha
 Davlat ilmiy markazi


 RO‘YXATGA OLISh GUVOHNOMASI № 000-000

Ushbu guvohnoma _____________________________________________________________________ ga shu haqda berildiki,

(tadbirkorlik subyekti nomi)

mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq:

_______________________________________________________________________________________________________

(veterinariya dori vositasi yoki ozuqabop qo‘shimchaning nomi)

_______________________________________________________________________________________________________
 _______________________________________________________________________________________________________

(ishlab chiqaruvchining nomi)

shaklida _______________________________________________________________________________________________

maqsadida qo‘llash uchun ___________________________________________________________________________________.

№ VP-0000-00 raqami bilan reyestrga kiritildi.


20___ yil “___” _____________ da








5 yil muddatga.


Ushbu guvohnoma mazkur veterinariya dori vositalari yoki ozuqabop qo‘shimchalarni sotib olish uchun majburiyat, shuningdek, sifat sertifikati hisoblanmaydi.

_______________________________________________________________________________________________________

(Vakolatli organ rahbarining F.I.O., imzosi va muhri)









































   (2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 3-ILOVA 

   Oldingi tahrirga qarang.





O‘zbekiston Respublikasi
 Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha Davlat ilmiy markazi direktoriga
 _____________________________

Ariza

O‘zbekiston Respublikasida veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman: ________________________________________________________________________

1.

Arizachi _______________________________________________________



(yuridik (jismoniy) shaxs)

2.

Arizachining manzili, tel., faksi va b. q. _____________________________ _______________________________________________________________

3.

Arizachining vakili ______________________________________________



(yuridik (jismoniy) shaxsning manzili, telefoni, faksi)

4.

Dori vositasi/ozuqabop qo‘shimcha to‘g‘risida ma’lumotlar:

4.1.

Umumiy qabul qilingan nomi 

4.2.

Savdodagi nomi _________________________________________________

4.3.

Tarkibi _______________________________________________________

4.4.

Dori shakli _____________________________________________________

4.5.

Qo‘llanishi______________________________________________________

4.6.

Patent (mualliflik guvohnomasi) mavjudligi, uning tartib raqami _______
 _______________________________________________________________

4.7.

Tayyorlovchi _____________________________________________________



(yuridik (jismoniy) shaxs, manzili, telefoni, faksi)

4.8.

Ishlab chiqaruvchi ________________________________________________



(yuridik (jismoniy) shaxs, manzili, telefoni, faksi)

Arizachi veterinariya dori vositasi yoki ozuqabop qo‘shimchani ekspertiza qilish va ro‘yxatga olish, zarur hollarda sinov ishlari haqini to‘lash kafolatini beradi.


Zarur hujjatlar to‘plami va sinash uchun namunalar ilova qilinadi.


Ariza berildi

20 ___ yil “___” _____________



Arizachining imzosi

___________________________________________




(familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi)


Muhr
 (mavjud bo‘lganda)














   (3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 4-ILOVA 

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish uchun talab etiladigan hujjatlar 

RO‘YXATI

1. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalar tarkibiga kiruvchi komponentlarning nomi va miqdori ko‘rsatilgan ro‘yxat.

   Oldingi tahrirga qarang.

   (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 787-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son) 

   Oldingi tahrirga qarang.

   (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

4. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifat ko‘rsatkichlarini texnik talablar asosida nazorat qilish usullari, tegishli xalqaro yoki davlat farmakopeya maqolalari matnlari.

5. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar (qo‘llanmalar) yoki ularning loyihalari.

6. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifat yoki muvofiqlik sertifikati.

7. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning ishlab chiqarilishi bo‘yicha ma’lumotlar (tayyorlash bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma yoki reglament, blok-sxemalar).

8. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning ta’sir qilish samaradorligi, zararsizligi va sifat barqarorligi bo‘yicha ma’lumotlar.

9. Veterinariya biologik preparatlarining samaradorligi, immunogenligi, zararsizligi, virulentligi va ularni tayyorlashda ishlatiladigan mikroorganizmlar shtammlari (viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va boshqalar) bo‘yicha asoslovchi ma’lumotlar.

10. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarida ko‘rsatilgan sinash uchun yetarli hajmdagi namunalari hamda ularning faol ta’sir etuvchi moddalari (substansiyalar), test-tizimlar, diagnostik to‘plamlar;

   Oldingi tahrirga qarang.

   (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son qaroriga
 4-ILOVA

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Veterinariya to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda barcha turdagi transportda — avtomobil, temir yo‘l, suv va havo transportida tashiladigan, davlat veterinariya xizmati nazoratidagi (keyingi o‘rinlarda nazoratdagi tovarlar deb ataladi) tovarlarni eksport, import qilishga va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha o‘tkazishga, shuningdek jismoniy shaxslarning qo‘l va bagaj yuklariga yoki pochta jo‘natmalariga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi. 

2. Ushbu Nizom mazkur Nizomga 1-ilovada* keltirilgan davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha tashishga ruxsatnoma berishga nisbatan qo‘llaniladi.

3. Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilinishiga ruxsatnoma berish, shuningdek veterinariya sertifikatlari (guvohnomalari)ni rasmiylashtirish ushbu Nizomning 2, 2a, 2b, 2v, 2g-ilovalariga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.

4. Nazoratdagi tovarlarni epizootik jihatdan maqbul bo‘lgan boshqa davlatlardan eksport, import qilishga va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etilgan holda yo‘l qo‘yiladi.

5. Nazoratdagi tovarlarni eksport, import va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosari tomonidan elektron hujjatlar shaklida, arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjat va ma’lumotlarning tahlil qilinishini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda beriladi. 

Nazoratdagi tovarlarni eksport, import va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnoma qog‘oz formatda ham berilishi mumkin.

6. Nazoratdagi tovarlarni eksport, import va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnoma kalendar yil uchun beriladi. 

7. Nazoratdagi tovarlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasida joylashgan chegara veterinariya nazorati punktlari (uchastkalari) orqali o‘tkaziladi.

8. Nazoratdagi tovarlarni import qilishdan oldin yuridik va jismoniy shaxslar eksport va tranzit qiluvchi mamlakatlardagi epizootik vaziyat to‘g‘risida davlat veterinariya xizmatidan bepul axborot olish huquqiga ega.

9. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

   Oldingi tahrirga qarang.

vakolatli organ — davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha tashishga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi;

   (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

veterinariya qoidalari va normalari — veterinariya sohasidagi talablarni belgilovchi, davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar rioya etishi shart bo‘lgan hujjatlar;

veterinariya guvohnomasi — O‘zbekiston Respublikasi davlat veterinariya xizmati tashkilotlari tomonidan barcha turdagi nazoratdagi tovarlarga beriladigan belgilangan namunadagi hujjat bo‘lib, u ushbu tovarlar hayvonlarning o‘ta xavfli va karantin kasalliklari bo‘yicha sog‘lom hududdanligini, hayvonotga mansub xomashyo va mahsulotlar esa, bundan tashqari belgilangan tartibda veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tganligini hamda veterinariya-sanitariya talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat;

veterinariya sertifikati — nazoratdagi tovarlarni ishlab chiqargan mamlakatning davlat veterinariya vrachi tomonidan belgilangan namunada beriladigan xalqaro hujjat bo‘lib, u nazoratdagi tovarlarning veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligini hamda import qiluvchi davlatning veterinariya talablariga muvofiq davlatning hayvonlar yuqumli kasalliklari bo‘yicha sog‘lomligini tasdiqlaydi (kafolatlaydi).

   Oldingi tahrirga qarang.

veterinariya, veterinariya-sanitariya talablari — davlat hududini chetdan hayvonlarning yuqumli kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining kirib kelishidan hamda veterinariya-sanitariya jihatdan xavfli sanalgan nazoratdagi tovarlarning keltirilishidan himoyalashga qaratilgan, barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy hisoblangan, vakolatli organ tomonidan import qilinuvchi nazoratdagi tovarlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar; 

   (9-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

hayvon — barcha sut emizuvchilar, suv hayvonlari yoki parrandalar, shuningdek asalarilar;

import qiluvchi davlat — oxirgi manzil belgilangan davlat;

chegara veterinariya nazorati punkti (ChVNP) — nazoratdagi tovarlarni xalqaro, davlatlararo, zaruriyat tug‘ilganda esa — mamlakat ichida barcha transport turlarida tashilishi yuzasidan chegara veterinariya nazoratini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidagi davlat veterinariya nazorati organi;

tranzit mamlakati — nazoratdagi tovarlarni import qiluvchi davlatga yetkazishda hududi orqali o‘tiladigan yoki ChVNP doirasida vaqtinchalik to‘xtab o‘tiladigan mamlakat; 

eksport qiluvchi mamlakat — nazoratdagi tovarlarni boshqa mamlakatga jo‘natuvchi mamlakat. 

2-bob. Ruxsat etuvchi talablar va shartlar

10. Nazoratdagi tovarlarni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash hamda ularning eksport-importi bilan shug‘ullanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar, idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya xizmati nazoratida bo‘ladilar.

11. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan nazoratdagi tovarlar davlat veterinariya nazoratidan o‘tkazilishi shart.

12. Boshqa davlatlar hududida hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari, hayvonlarning kelib chiqish sabablari noma’lum bo‘lgan yalpi kasalliklari va hayvonlarning ilgari qayd etilmagan yuqumli kasalliklari paydo bo‘lgan taqdirda nazoratdagi tovarlarni olib o‘tishga taqiq, cheklov joriy etish hamda ularni olib o‘tishni tiklash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan qabul qilinadi.

13. O‘zbekiston Respublikasiga kiruvchi yoki undan chiqib ketuvchi shaxslarga qarashli it, mushuk va boshqa nomahsuldor hayvonlar (2 ta boshdan ko‘p bo‘lmagan) va parrandalar (10 ta boshdan ko‘p bo‘lmagan) uchun veterinariya guvohnomasi yoki veterinariya sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosarlari ruxsatisiz rasmiylashtiriladi.

14. Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hayvonlar, shuningdek ularning a’zolari yoki hosilalari, shu jumladan ov o‘ljalarini import qilish eksportchi davlatning vakolatli organi tomonidan yo‘qolib ketish xavfi ostidagi barcha turdagi yovvoyi fauna va florani xalqaro savdo-sotiq Konvensiyasiga (SITES) muvofiq berilgan ruxsatnomasi (himoya markasi) mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

15. Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar, shuningdek ularning a’zolari yoki hosilalari, shu jumladan ov o‘ljalarini O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilish faqat O‘zbekiston Respublikasi SITES vakolatli organining ruxsatnomasi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

   Oldingi tahrirga qarang.

16. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilish va tashish vakolatli organ tomonidan beriladigan tegishli litsenziya mavjud bo‘lganda va ular ro‘yxatga olingan taqdirda amalga oshiriladi.

   (16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

17. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni import qilish va tashish, ularning ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan beriladigan sifati va zararsizligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda veterinariya sertifikatisiz amalga oshiriladi.

18. Nazoratdagi tovarlarni eksport, import va tranzit qilishda nazoratning quyidagi turlari qo‘llaniladi: hujjatli, jismoniy va laboratoriya.

19. Hujjatli nazoratda quyidagilar tekshiriladi:

nazoratdagi tovarlarning veterinariya jihatidan xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar;

nazoratdagi tovarlarni import, eksport qilishga yoki tranzitiga ruxsatnomaning mavjudligi;

berilgan hujjatlar mazmunining veterinariya talablariga muvofiqligi.

20. Jismoniy nazorat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

nazoratdagi tovarlarni yoki hayvonlarni ko‘zdan kechirish;

kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan nazoratdagi tovarlar mavjudligini hamda o‘zaro mos kelmaydigan tovarlarning birgalikda tashilishini istisno qilish maqsadida nazoratdagi tovarlarning taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish;

transport vositasining nazoratdagi tovarlarni tashishdagi belgilangan veterinariya-sanitariya talablariga muvofiqligini nazorat qilish;

ko‘chirib o‘tkazish (tashish) shartlari va rejimini nazorat qilish;

qadoqlash va yorliqlarning belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qilish;

hayvonlarni import, eksport, tranzit qilishda va O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida o‘tkazish (tashish)da, sug‘orish va oziqlantirish punktlarida ularning har bir partiyasi tekshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali o‘tish punktida o‘tkazilayotgan nazoratdagi tovarlarning ochiq qismini tekshirishga yo‘l qo‘yiladi.

21. Laboratoriya nazorati tashilayotgan nazoratdagi tovarlardagi o‘zgarishlar aniqlangan holatlarda hamda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini istisno etish maqsadida tegishli laboratoriyalarda tekshiruvlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

22. Yuqorida ko‘rsatilgan nazorat turlarining natijalariga ko‘ra ChVNP mansabdor shaxsi tomonidan nazoratdagi tovarlarga nisbatan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: o‘tkazish; o‘tkazishni to‘xtatib turish; importni taqiqlash; qaytarish.

23. Nazoratdagi tovarlarga nisbatan qabul qilingan qaror ChVNP mansabdor shaxsi tomonidan veterinariya hujjatlariga va tovarga ilova qilinadigan hujjatlarga 3-ilovaga* muvofiq shakldagi tegishli shtamplar qo‘yish orqali rasmiylashtiriladi.

24. Nazoratdagi tovar turlari va hududning epizootik holatidan kelib chiqqan holda transport vositasi (temir yo‘l vagoni, refrijerator seksiyasi, konteyner va h.k.) yuklarni ortish va tushirishdan oldin ushbu Nizomning 4-ilovasiga* muvofiq shakldagi hujjat berilgan holda veterinariya-sanitariya ishloviga yuboriladi.

25. ChVNP mansabdor shaxslari o‘z vakolatlarini amalga oshirishda, o‘tish punktlarida nazorat o‘tkazish vakolati berilgan boshqa vakolatli organlarning mansabdor shaxslari, shuningdek chegaradosh davlatlarning o‘tish punktlaridagi veterinariya mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib boradilar.

26. ChVNP mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini o‘tash vaqtida o‘zlari bilan xizmat guvohnomalarini olib yurishlari hamda belgilangan namunadagi maxsus kiyimda bo‘lishlari kerak.

27. Nazoratdagi tovarlarning import, eksport va tranzitida, shuningdek mamlakat doirasida tashish eksportchi davlatning vakolatli organlari va davlat veterinariya xizmatining vakolatli shaxslari tomonidan berilgan veterinariya sertifikatlari ilova qilingan holda amalga oshiriladi. 

28. Nazoratdagi tovarlarni xalqaro tashish faoliyati doirasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida tashishda veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. Aniqlangan buzilishlar to‘g‘risida ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.

29. Davlat chegarasida davlat veterinariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxsning harakati (yoki harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

   Oldingi tahrirga qarang.

30. Barcha turdagi veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish, veterinariya talablarini bajarish, shu jumladan veterinariya ishlovi berish va laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilishi hamda xalqaro, davlatlararo va mamlakat ichida veterinariya kuzatuvi hamda inspeksiya o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa turdagi ish va xizmatlar bo‘yicha xarajatlar nazoratdagi tovarlarning egasi tomonidan qoplanadi.

   (30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

3-bob. Nazoratdagi tovarlarni eksport qilishda veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi

   Oldingi tahrirga qarang.

31. Nazoratdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun tovar egasi tegishli shartnoma tayyorlashda, avtomatlashtirilgan axborot tizimi yoki qog‘oz formatdagi ariza bilan vakolatli organga yoki tovarning joylashish (rasmiylashtirish) manzili bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh davlat veterinariya inspektoriga murojaat qiladi.

   (31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Arizada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

tovar egasining nomi (jismoniy shaxslar uchun — F.I.O.), joylashgan joyi (pochta manzili), telefon va faks raqami, elektron manzili, STIR;

nazoratdagi tovarlarning kelib chiqish joyi (tuman, shahar, xo‘jalik va boshq.)

yuboriladigan davlat;

nazoratdagi tovarning nomi va TIF TN bo‘yicha kodi;

nazoratdagi tovarning miqdori, shuningdek uning o‘lchov birligi;

tovarning ishlatilish maqsadi;

ishlab chiqaruvchining nomi;

transport turi; 

marshrut yo‘nalishi (MDH davlatlari orqali o‘tish chegaralari nomlari ko‘rsatiladi);

davlat chegarasidan o‘tish punktlari;

nazoratdagi tovarni chiqarishning taxminiy muddati;

tranzit davlatining nomi;

import qiluvchi tomonidan taqdim etiladigan va tasdiqlangan import qiluvchi davlatning davlat veterinariya xizmati veterinariya talablari nusxasi (zaruriyat bo‘lganda);

   Oldingi tahrirga qarang.

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni eksport qilishda veterinariya dori vositasining savdodagi nomi (savdo markasi), preparat shakli, qadog‘i, har bir chiqarilayotgan veterinariya dori vositasi va ozuqabop qo‘shimchaning vakolatli organ tomonidan ro‘yxatga olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (raqami va sanasi). 

   (31-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

   Oldingi tahrirga qarang.

32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya xizmatlari import qiluvchi davlatning veterinariya talablariga asosan eksport qilinayotgan nazoratdagi tovar holatini hamda tegishli hududdagi epizootik holatni ikki ish kun mobaynida o‘rganib chiqadi. 

   (32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

O‘ta xavfli kasalliklarni aniqlash maqsadida karantin yoki qo‘shimcha laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazish zarur bo‘lganda belgilangan muddat uch haftagacha uzaytirilishi mumkin.

   Oldingi tahrirga qarang.

Bunda importyor davlatning talabidan va tovarning xavflilik darajasidan kelib chiqib, ishlab chiqarish korxonalarini importyor davlatning reyestriga kiritish bilan bog‘liq harakatlar kirmaydi.

   (32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

33. Zarur holatlarda tegishli veterinariya laboratoriyalarida laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi, o‘ta murakkab tekshirishlar esa ilmiy-tadqiqot institutlarida o‘tkazilishi mumkin.

   Oldingi tahrirga qarang.

34. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektori vakolatli organ orqali yuboriladigan arizachining murojaatida ko‘rsatilgan nazoratdagi tovarlarni eksport qilish imkoniyatini, import qiluvchi davlatning davlat veterinariya xizmati talablarini bajarish imkoniyatini, tovar tavsiflarini va ma’muriy hududdagi epizootik vaziyatni hisobga olgan holda ko‘rib chiqadi.

   (34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

   Oldingi tahrirga qarang.

   (35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

36. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosari uch ish kuni mobaynida murojaatni ko‘rib chiqadi, O‘zbekiston Respublikasidan muayyan turdagi nazoratdagi tovarning olib chiqilishiga ruxsatnoma berish yoki asosli sabablarni ko‘rsatgan holda uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

   Oldingi tahrirga qarang.

37. Berilgan ruxsatnoma bir ish kuni mobaynida avtomatlashtirilgan axborot tizimi yoki qog‘oz formati vositasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantiri qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi va transportida davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga yuboriladi. 

Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantiri qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari bir ish kuni mobaynida bu haqda nazoratdagi tovar egalarini, avtomatlashtirilgan axborot tizimi yoki qog‘oz formati orqali rad etish xatining nusxasi ilova qilingan holda ogohlantiradi. 

Ruxsatnoma berish yoki uni rad etish, shuningdek vakolatli organ tomonidan tovar egasiga bevosita avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatida berilishi mumkin. 

   (37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

38. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya inspektorlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosari tomonidan ruxsatnoma olingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida tuman (shahar) davlat veterinariya xizmatiga tegishli veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq beradi. 

Tuman (shahar) davlat veterinariya inspektori bir ish kuni mobaynida import qiluvchi davlatning veterinariya talablariga muvofiq belgilangan shakldagi veterinariya guvohnomasini rasmiylashtiradi. Veterinariya guvohnomasi import qiluvchi davlatning veterinariya talablari bajarilishi to‘g‘risidagi to‘liq axborotlarni o‘z ichiga olishi, tuman (shahar) davlat veterinariya inspektori tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak.

39. O‘tkazish punktida nazoratdagi tovarlarni veterinariya nazorati import qiluvchi davlatning veterinariya talablariga muvofiq, belgilangan shakldagi veterinariya guvohnomasi (sertifikati) taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi. Veterinariya sertifikatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosari tomonidan berilgan ruxsatnomaning nomeri va sanasi ko‘rsatilishi shart.

ChVNP mansabdor shaxsi hujjatli nazorat tahlili natijasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishda import qiluvchi davlatga tegishli tovarning kuzatuv hujjati va veterinariya sertifikatiga 3-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha “Chiqishga ruxsat” yoki “Chiqish taqiqlanadi” shtampini qo‘yadi hamda ismi va familiyasini qayd etadi. 

40. Nazoratdagi tovarlar chegaraga keltirilganda davlat chegarasidagi veterinariya nazorat punkti xodimi veterinariya guvohnomasi asosida 4 soat mobaynida belgilangan shakldagi veterinariya sertifikatini rasmiylashtiradi. Veterinariya sertifikatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosari tomonidan berilgan eksport uchun ruxsatnoma raqami va berilgan sanasi ko‘rsatiladi.

   Oldingi tahrirga qarang.

41. Nazoratdagi tovarlar MDH davlatlariga eksport qilinganda 1, 2, 3-shakllar bo‘yicha veterinariya guvohnomalari (6, 7, 8-ilovalar*) hamda MDH davlatlaridan tashqariga chiqarishda veterinariya sertifikatlari shakllari import qiluvchi davlatning veterinariya talablari inobatga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi.

   (41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 624-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 857-modda)

Nazoratdagi tovarlar egasining arizasiga ko‘ra tovarni o‘tkazish yo‘nalishidagi chegara veterinariya punktlari soniga muvofiq ravishdagi dublikatlar rasmiylashtiriladi. Import qiluvchi davlat talablariga asosan veterinariya sertifikatlari yoki guvohnomalari shakli va/yoki turi Butunjahon Hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkilotining Yer usti hayvonlari sog‘lig‘ini himoya qilish Xalqaro Kodeksi (OIE/HEB) me’yorlariga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.

   Oldingi tahrirga qarang.

42. Import qiluvchi davlat talablariga asosan nazoratdagi tovarlar ro‘yxatida ko‘zda tutilmagan veterinariya sertifikatlari (guvohnomalari)ni rasmiylashtirish zarur bo‘lganda, veterinariya guvohnomalari yoki veterinariya sertifikatlari import qiluvchi davlatning veterinariya qoidalari va normalari bajarilgan holda Davlat chegarasi va transportidagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosarlarining ruxsatisiz rasmiylashtiriladi.

   (42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

43. O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilinuvchi nazoratdagi tovarlarning xorijiy davlatlar hududidan tranzit bo‘yicha o‘tishi uchun nazoratdagi tovarning egasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektoriga bevosita murojaat etishga haqli. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tegishli davlatning markaziy veterinariya organiga tranzit uchun ruxsatnoma berilishini so‘rab murojaat qiladi.

Tranzit bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish, tranzit davlatlarning milliy qonunchiligi talablariga, shuningdek xalqaro kelishuv va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Olingan ruxsatnoma nazoratdagi tovar egasiga taqdim etiladi. 

Tranzit bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.

4-bob. Nazoratdagi tovarlarni import qilishda veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi

   Oldingi tahrirga qarang.

44. Nazoratdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga import qilishga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun import qiluvchi (tovar egasi) 30 kundan kam bo‘lmagan muddatda avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatida vakolatli organga yoki nazoratdagi tovarning import qilinish manzili bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh davlat veterinariya inspektoriga murojaat qiladi.

   (44-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

tovar egasining nomi (jismoniy shaxslar uchun — pasportining ma’lumotlari va STIR), joylashgan joyi (pochta manzili), telefon va faks raqami, elektron manzili va oluvchining STIR;

eksport qiluvchi davlat;

nazoratdagi tovarlarning kelib chiqish joyi (shtat, provinsiya, xo‘jalik va boshqalar);

ishlab chiqaruvchining nomi, ishlab chiqaruvchilar reyestridagi ro‘yxatga olish raqami;

nazoratdagi tovarning nomi va TIF TN bo‘yicha kodi;

nazoratdagi tovarning miqdori, shuningdek uning o‘lchov birligi;

import qilish maqsadlari (qayta ishlamasdan sotish, qayta ishlash, qayta ishlashdan olinadigan mahsulot ko‘rsatilgan holda va h.k.);

transport turlari; 

marshrut yo‘nalishi (MDH davlatlari orqali o‘tiladigan chegara nomlari ko‘rsatiladi);

davlat chegarasidan o‘tish punktlari;

nazoratdagi tovarni import qilishning taxminiy muddati;

tranzit bo‘yicha o‘tiladigan davlat nomi;

saqlash va karantin qilish joylari;

nazoratdagi tovarni qayta ishlovchi korxonaning nomi (mavjud bo‘lganda);

tirik hayvonlarni import qilishda — chorvachilik fermalari, boshqa karantin o‘tkazilish joylarining tekshirish dalolatnomalari va veterinariya-sanitariya xulosasi.

   Oldingi tahrirga qarang.

441. O‘zbekiston Respublikasi hududiga davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar (xorijiy eksport qiluvchilar) reyestriga kiritilgan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslarga ruxsat beriladi. 

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga veterinariya ruxsatnomasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 

Veterinariya ruxsatnomasini berish rad etilgan yoki tovar egasi berilgan arizasidan voz kechgan taqdirda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. 

Ushbu tartib favqulodda vaziyatlarda, xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishda, laboratoriya tahlillari uchun namunalarda, shuningdek, diplomatik korpus, o‘quv muassasalari, ilmiy va davlat maqsadlari uchun olib kelinadigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

   (441-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-maydagi 277-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 09/20/277/0573-son — 2020-yil 13-avgustdan kuchga kiradi)

   Oldingi tahrirga qarang.

45. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari vakolatli organ orqali yuboriladigan arizachining murojaatida ko‘rsatilgan import qilinuvchi nazoratdagi tovarlarni saqlash shartlari, foydalanilishi (erkin sotuvga qo‘yish, laboratoriyada va boshqa tekshirishlar, qayta ishlash va boshqalar) hamda tegishli hududning epizootik holatini ikki ish kuni mobaynida o‘rganib chiqadi. O‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlash maqsadida karantin qilish zarur bo‘lganda belgilangan muddat uch haftagacha uzaytirilishi mumkin.

   (45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

   Oldingi tahrirga qarang.

46. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari vakolatli organ tomonidan yuborilgan arizachi murojaatida ko‘rsatilgan tovarning xavflilik darajasidan kelib chiqib, hududdagi epizootik holat va karantin tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini hisobga olgan ma’lumotni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatida vakolatli organga taqdim etadi.

   (46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

47. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosarlari bir oy muddatda murojaatni ko‘rib chiqib, elektron yoki yozma shaklda O‘zbekiston Respublikasiga muayyan turdagi nazoratdagi tovarning olib kirilishi uchun ruxsatnoma beradi yoki asosli sabablarni ko‘rsatgan holda uni rad etadi.

48. O‘zbekiston Respublikasiga nazoratdagi tovarlarni import qilish uchun ruxsatnoma berish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:

eksport qiluvchi davlatda hayvonlarning o‘ta xavfli kasalliklari bo‘yicha epizootik holat o‘zgarganda;

eksport qiluvchi davlatning nazoratdagi tovarlarida belgilangan tartibda taqiqlangan kimyoviy yoki biologik moddalar mavjudligi aniqlanganda;

import qiluvchi tomonidan ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganda;

import qiluvchi tomonidan taqdim etilayotgan nazoratdagi tovarning saqlanishi, ishlab chiqarilishi (qayta ishlash) bo‘yicha tashkilotlarning veterinariya-sanitariya holati belgilangan veterinariya qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lmaganda;

import qiluvchi arizasida zarur ma’lumotlarning yo‘qligi yoxud import qiluvchi arizasiga zarur ilovalarning mavjud emasligi;

import qilinadigan nazoratdagi tovarlar hajmining qayd etilgan korxonalar ishlab chiqarish quvvatiga nomuvofiqligi.

   Oldingi tahrirga qarang.

mahsulot yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchi davlatlarga nisbatan taqiq (cheklov) o‘rnatilganda.

   (48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

49. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosari tomonidan nazoratdagi tovarlarni import qilishga ruxsatnomasi yoki uni rad etishi elektron shaklda yoki qog‘oz formatida rasmiylashtiriladi.

50. O‘zbekiston Respublikasiga import qilish uchun ruxsat olgan nazoratdagi tovarlar egasi zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:

nazoratdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda veterinariya qonunchiligi talablariga rioya etish;

nazoratdagi tovarlarni eksport qiluvchiga O‘zbekiston Respublikasiga muayyan turdagi nazoratdagi tovarlarning import qilinishiga qo‘yilgan veterinariya-sanitariya talablari va veterinariya sertifikati namunasini (mavjud bo‘lganda) yetkazish;

O‘zbekiston Respublikasi davlat veterinariya xizmati mansabdor shaxslarining nazoratdagi tovarlar importiga nisbatan ko‘rsatmalarini bajarish;

nazoratdagi tovarlar import qilinishi rejalashtirilayotgan hududning davlat veterinariya xizmati boshqarmasining tegishli organlarini, nazoratdagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasiga import qilinishi ruxsatnomasida ko‘rsatilmagan korxonalarda saqlanishi (qayta ishlanishi) to‘g‘risida xabardor qilish;

keltirilgan nazoratdagi tovarlarni faqat tegishli veterinariya-sanitariya xulosasiga ega bo‘lgan korxonalarda saqlash (qayta ishlash);

keltirilgan nazoratdagi tovarlardan faqat import uchun ruxsatnomada ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq foydalanish.

51. O‘zbekiston Respublikasiga tirik hayvonlar import qilinganda kamida 2 oy oldin rasmiy so‘rov jo‘natiladi (hayvonlarni import qiluvchi xo‘jalikni o‘rganish, keltirilayotgan hayvonlar karantinini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat veterinariya vrachining eksport qiluvchi davlatga xizmat safarini rasmiylashtirish uchun zarur vaqtni hisobga olgan holda).

   Oldingi tahrirga qarang.

52. Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini muayyan davlatdan import qilish rejalashtirilayotganda mahsulotni joyida tekshirish shart bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi davlat veterinariya inspektorining xizmat safari masalasini hal etish bo‘yicha so‘rov vakolatli organga kamida 30 kun oldin yuboriladi.

   (52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

   Oldingi tahrirga qarang.

53. Berilgan ruxsatnoma uch ish kuni mobaynida avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi va transportida davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga, nazoratdagi tovarning egasiga yuboriladi. 

Import qilish to‘g‘risida ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari bir ish kuni mobaynida bu haqda nazoratdagi tovar egalarini, avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatida xabardor qiladi. 

Ruxsatnoma berish yoki uni rad etish, shuningdek vakolatli organi tomonidan nazoratdagi tovar egasiga bevosita avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatida berilishi mumkin. 

   (53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

54. Eksport qiluvchi davlatda hayvonlar orasida xavfli yuqumli kasalliklar paydo bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosari, avval berilgan nazoratdagi tovarlarni olib kirish ruxsatnomasiga qaramasdan, ruxsatnoma amal qilishini to‘xtatib turish hamda ushbu tovarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga zarur tekshiruv ishlari o‘tkazilgunga qadar, lekin 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda kiritmaslik huquqiga egadir. Zarur tekshiruvlarning natijalariga asosan tegishli nazoratdagi tovarning kiritilishiga ruxsat berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Nazoratdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga import qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosari tomonidan berilgan import ruxsatnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasining chegara-tekshiruv punktlari orqali amalga oshiriladi.

Chegara-tekshiruv punktlarida nazoratdagi tovarlarni veterinariya nazoratidan o‘tkazish jo‘natuvchi davlatning veterinariya sertifikati va boshqa kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi.

ChVNP mansabdor shaxsi hujjatli nazorat tahlili natijasiga muvofiq qaror qabul qiladi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda tovarni jo‘natuvchi davlat tomonidan berilgan kuzatuv hujjati va veterinariya sertifikatiga 3-ilovagamuvofiq “Kirishga ruxsat” yoki “Kirish taqiqlanadi” shtampini qo‘yadi va unda familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatadi. 

55. Nazoratdagi tovarlar chegaraga keltirilganda davlat chegarasidagi veterinariya nazorat punkti xodimi ruxsatnoma yoki uning nusxasi asosida avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formati vositasida veterinariya sertifikati o‘rniga tegishli veterinariya guvohnomasini rasmiylashtiradi.

Veterinariya guvohnomasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan berilgan ruxsatnomaning raqami va berilgan sanasi ko‘rsatiladi.

Nazoratdagi tovar qaytarilgan taqdirda davlat chegarasidagi veterinariya nazorat punkti xodimi ushbu Nizomning 10va 11-ilovalariga muvofiq nazoratdagi tovarni qaytarish to‘g‘risidagi dalolatnoma va deklaratsiyani rasmiylashtiradi.

* 1, 3-4, 6 — 10-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

56. O‘zbekiston Respublikasiga import qilinayotgan tovarlarning xorijiy davlatlar hududi bo‘yicha tranzitini rasmiylashtirish uchun nazoratdagi tovar egasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat etishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori uch kun muddatda tegishli davlatning markaziy veterinariya organiga tranzit uchun ruxsatnoma berilishini so‘rab murojaat qiladi. Ruxsatnoma olingan kundan boshlab ikki kun muddatda manfaatdor shaxslarga beriladi.

   Oldingi tahrirga qarang.

   (56-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-maydagi 277-sonli qaroriga asosan 2020-yil 13-avgustdan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 09/20/277/0573-son)

5-bob. Nazoratdagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi

   Oldingi tahrirga qarang.

57. Xalqaro tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida nazoratdagi tovarlarni tranzit qilish uchun import yoki eksport qiluvchi davlatning markaziy veterinariya organlari avtomatlashtirilgan axborot tizimi yoki qog‘oz formati vositasida vakolatli organga tranzit uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha murojaat qiladi.

   (57-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

   Oldingi tahrirga qarang.

Manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar (MDH davlatlari vakillaridan tashqari) bevosita vakolatli organga tranzit uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha murojaat qilishga haqli.

   (57-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Murojaatnomada jo‘natuvchi va oluvchining nomi, marshrut yo‘nalishi, transport turi, nazoratdagi tovar nomi, tovarning kelib chiqishi va miqdori ko‘rsatiladi. Ushbu murojaat asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosari o‘ttiz kun muddatda tranzit ruxsatnomasini rasmiylashtiradi va uni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda nazoratdagi tovar egasiga beradi.

58. Nazoratdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududlari orqali tranzit qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosari tomonidan berilgan tranzit ruxsatnomasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tish joyidagi o‘tkazish punkti orqali amalga oshiriladi. 

Nazoratdagi tovarlarning tranziti hamda uning O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun ruxsatnoma olish nazoratdagi tovarlar egasi zimmasiga yuklanadi.

59. O‘tkazish punktlarida nazoratdagi tovarlarni veterinariya nazoratidan o‘tkazish veterinariya sertifikati va boshqa kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi.

60. Hujjatli nazorat ishlari yakuniga yetgach, yuqumli kasalliklar mavjudligiga shubha paydo bo‘lganda, hayvonlar veterinariya tekshiruvidan o‘tkaziladi, bunda hayvonlarning identifikatsiya raqamlari (tatuirovka, chiplar, belgi, tamg‘a va boshqalar) veterinariya sertifikatlarida ko‘rsatilgan raqamlar bilan solishtiriladi, tashish shartlari, hayvonlarning holati va ularni keyinchalik o‘tkazish imkoniyatlari tekshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali boshqa nazoratdagi tovarlar tranzitida tekshirishlar o‘tkazilmaydi.

Nazoratdagi tovarlarni tranzit vaqtida tekshirish (hayvonlar bundan mustasno) faqat davlat nazorati organlari qaroriga binoan o‘tkazish punktlarida yoki nazoratdagi tovarning arizadagiga muvofiq emasligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

61. O‘tkazilgan nazorat natijalariga ko‘ra ChVNP mansabdor shaxsi qaror qabul qiladi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishda veterinariya sertifikatiga va kuzatuv hujjatlariga 3-ilovaga* muvofiq shakldagi “Tranzitga ruxsat” yoki “Tranzit taqiqlanadi” shtamplarini qo‘yadi, O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarishda esa “Tranzit yakunlandi” shtampini qo‘yadi va muhrlaydi hamda o‘zining ismi-familiyasini ko‘rsatgan holda imzosi bilan tasdiqlaydi.

62. Barcha zarur ma’lumotlar tranzitni hisobga olish daftarida qayd etiladi va elektron hisob tizimiga kiritiladi (joriy etilishiga ko‘ra).

63. O‘zbekiston Respublikasi hududida tranzit qilish uchun ruxsatnomasi bo‘lgan nazoratdagi tovarlarning egasi O‘zbekiston Respublikasi veterinariya qonunchiligi talablariga rioya etishi shart.

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.

6-bob. O‘zbekiston Respublikasi hududiga nazoratdagi tovarlarning jismoniy shaxslarning qo‘l va bagaj yuklari, shuningdek pochta jo‘natmalari orqali kirib kelishi veterinariya nazoratini amalga oshirish tartibi

   Oldingi tahrirga qarang.

64. O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidagi chegara nazorat veterinariya punktlari, shu jumladan xalqaro pochta almashinuv joylarida tovarlarni qo‘l va bagaj yuki, pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslarning shaxsiy foydalanishi maqsadida, tegishli ruxsatnomasiz nazoratdagi tovarni jo‘natuvchi davlatning veterinariya sertifikatisiz kiritilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi, bitta jismoniy shaxs uchun 5 kilogrammgacha bo‘lgan, zavod o‘ramlaridagi, hayvonotga mansub mahsulot bundan mustasno.

   (64-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 281-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 09/20/281/0576-son — 2020-yil 14-avgustdan kuchga kiradi)

Jo‘natilgan davlatga qaytarib yuborish imkoni bo‘lmagan nazoratdagi tovarlarni yo‘qotish (zararsizlantirish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

7-bob. Ruxsatnoma dublikatini berish, ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish

65. Ruxsatnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda arizachining arizasiga asosan uning dublikati beriladi.

66. Davlat veterinariya xizmati arizachidan ariza qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ruxsatnoma, veterinariya sertifikati (guvohnomasi) dublikatini, shuningdek yaroqsiz holga kelgan ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatning asl nusxasini beradi (yuboradi). 

Dublikat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

67. Ruxsatnoma amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.

68. Ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan ruxsat berish talablari va shartlarini bir marotaba qo‘pol ravishda buzilishiga nazoratdagi tovarlarni tashish natijasida inson hamda hayvonlar sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoxud zarar yetkazilishining aniq xavfini paydo qilish kiradi.

8-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish

69. Arizachi-yuridik shaxs o‘zgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, arizachi yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida davlat veterinariya xizmatiga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.

   Oldingi tahrirga qarang.

Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ruxsatnomaga ega bo‘lgan ariza beruvchi yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, ruxsatnoma ushbu bandning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. 

Ruxsatnomadagi mavjud ma’lumotlar ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ruxsatnoma ariza beruvchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.

   (69-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)

70. Hujjatlar arizachi tomonidan davlat veterinariya xizmatiga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

71. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda davlat veterinariya xizmati berilgan ruxsatnomalar, veterinariya sertifikatlari (guvohnomalar) reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

72. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish davlat veterinariya xizmati tomonidan ariza va tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng uch ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.

73. Arizachidan ushbu bandda ko‘zda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

9-bob. Berilgan ruxsatnomalar reyestri

74. Berilgan ruxsatnomalar reyestrida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

a) arizachining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, joylashgan joyi (pochta manzili);

b) ruxsatnoma, veterinariya sertifikati (guvohnomasi)ning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;

v) ruxsatnoma, veterinariya sertifikati (guvohnoma)ni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini to‘xtatib turish, to‘xtatish va amal qilishini tiklash, dublikatlar berish, ruxsatnomalarni, veterinariya sertifikatlarini (guvohnomalarini)ni bekor qilishning asoslari va sanasi.

75. Ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatlarning reyestrlaridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishlari uchun ochiq hisoblanadi.

10-bob. Yakunlovchi qoidalar

76. Davlat veterinariya nazorati organlarining faoliyatiga aralashish, davlat veterinariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish maqsadida ularga har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish taqiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 

77. Veterinariya sohasidagi da’volar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.

78. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.

Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 
2-ILOVA 

   Oldingi tahrirga qarang.

Nazoratdagi tovarlarni eksport qilishda ruxsatnoma berish

SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

I bosqich

Arizachi — yuridik yoki jismoniy shaxs

1. Ushbu Nizomning 31-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiq zarur ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Arizalarni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda vakolatli organga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga taqdim etadi.

Arizachi
 xohishiga ko‘ra

II bosqich

Vakolatli organ

1. I-kategoriyasiga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga tovar kelib chiqishi va eksportyor davlat talabiga mos kelishini o‘rganish uchun yuboradi.

II va III-kategoriyalariga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlari bilan kelishilmaydi va vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.

2. Taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqadi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda nazoratdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilish uchun ruxsatnoma beradi yoki rad etishning asosi ko‘rsatilgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.

3. Tranzit ruxsatnomasini olish uchun tegishli davlatlarning markaziy davlat veterinariya xizmatiga murojaat qiladi.

1. Bir ish kuni mobaynida

2. Uch ish kuni mobaynida

3. Tranzit davlatlarining milliy qonunchiligida belgilangan muddatlarda

III bosqich

Vakolatli organ

1. Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga, shuningdek yuk egasiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda berilgan ruxsatnomalarni taqdim etadi.

2. Olingan tranzit ruxsatnomalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga, shuningdek yuk egasiga taqdim etadi.

1. Uch ish kuni mobaynida

2. Uchinchi davlatdan tranzit ruxsatnomasi olingandan keyin

   (2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 
2a-ILOVA 

   Oldingi tahrirga qarang.

Nazoratdagi tovarlarni import qilishda ruxsatnoma berish 

SXEMASI

Bosqichlar 

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

I bosqich

Arizachi — yuridik yoki

jismoniy shaxs

1. Ushbu Nizomning 44-bandida ko‘rsatilganr ro‘yxatga muvofiq zarur ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Arizalarni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda vakolatli organga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga vakolatli organga taqdim etadi.

Arizachi

xohishiga ko‘ra

II bosqich

Vakolatli organ

1. Ro‘yxatdagi hujjatlarni qabul qiladi, arizachiga hujjat qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda nusxasini qaytaradi (yuboradi).

2. I-kategoriyasiga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga hududning epizootik holati va hayvonlarni karantin qilish imkoniyatini o‘rganish uchun yuboradi.

II va III-kategoriyalariga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlari bilan kelishilmaydi va vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.

Uch ish kuni

mobaynida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari

Arizalarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi veterinariya, veterinariya-sanitariya talablariga asosan import qilinishi mo‘ljallangan I-kategoriyaga kiruvchi nazoratdagi tovar keltiriladigan hududning epizootik holatini o‘rganadi va tegishli ma’lumotni vakolatli organga yuboradi.

Ikki ish kun

mobaynida

Vakolatli laboratoriyalar

Nazoratdagi tovarlarning xavflilik darajasiga qarab vakolatli organ ko‘rsatmasiga asosan nazorat tartibida import qilingan tovarlarning veterinariya normalariga mos kelishi bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Tovar turiga qarab, biroq
 30 kun muddatdan oshmagan holda

III bosqich

Vakolatli organ

1. Taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqadi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda nazoratdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasidan import qilish uchun ruxsatnoma beradi yoki asosi ko‘rsatilgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.

2. Tranzit ruxsatnomasini olish uchun tegishli davlatlarning markaziy davlat veterinariya organiga murojaatqiladi.

1. Bir oy muddatda

2. Tranzit davlatlarining milliy qonunchiligida belgilangan muddatlarda

IV bosqich

Vakolatli organ

1. Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga, shuningdek, nazoratdagi tovar egasiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda berilgan ruxsatnomalarni taqdim etadi.

2. Olingan tranzit ruxsatnomalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga, shuningdek, nazoratdagi tovar egasiga taqdim etadi.

1. Uch ish kuni mobaynida

2. Uchinchi davlatdan tranzit ruxsatnomasi olingandan keyin

   (2a-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 
2b-ILOVA 

O‘zbekiston Respublikasi hududidan nazoratdagi tovarlarning tranzit o‘tishi uchun ruxsatnoma berish 

SXEMASI

   Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar


Subyektlar


Tadbirlar


Bajarish muddati








I bosich


Arizachi — uchinchi davlatlarning markaziy veterinariya organlari, yuridik yoki jismoniy shaxslar (MDH davlatlaridan tashqari)


1. Ushbu Nizomning 57-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiq zarur ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Arizalarni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda taqdim etadi.


Arizachi xohishiga binoan











II bosqich


Davlat veterinariya qo‘mitasi


1. Taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqadi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda nazoratdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan nazoratdagi tovarlarning tranzit o‘tishi uchun ruxsatnoma beradi yoki asosi ko‘rsatilgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.


Murojaat qilingan kundan boshlab
 30 kun mobaynida.




   (2b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 624-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 857-modda)

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 
2v-ILOVA 

Nazoratdagi tovarlarni eksport qilish uchun veterinariya guvohnomalari (sertifikatlari) berish 

SXEMASI

   Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar


Subyektlar


Tadbirlar


Bajarish muddati








I osqich


tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi


Tuman (shahar) davlat veterinariya inspektorlari tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda import qiluvchi davlatning veterinariya talablariga muvofiq belgilangan shakldagi veterinariya guvohnomasini rasmiylashtiradi.


Bir ish kuni mobaynida











II bosqich


Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi (ChVNP)


1. Nazoratdagi tovarlar chegaraga kelganda Davlat chegarasidagi veterinariya nazorati punkti xodimi tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi va veterinariya guvohnomasiga asosan avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda belgilangan shakldagi veterinariya sertifikatini xorijiy davlatlar uchun rasmiylashtiradi.

2. MDH davlatlari uchun tuman (shahar) davlat veterinariya inspektori tomonidan rasmiylashtirilgan veterinariya guvohnomasiga “olib chiqishga ruxsat berilgan” shtampi qo‘yiladi.


4 soat mobaynida (veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish)




   (2v-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 2g-ILOVA 

Nazoratdagi tovarlarni import qilish uchun veterinariya guvohnomalari berish

SXEMASI


Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 
5-ILOVA 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT VETERINARIYA XIZMATI 
 
 Nazoratdagi tovarlarni tashishda veterinariya, veterinariya-sanitariya
 qoidalari va normalarining buzilishi haqida 
 DALOLATNOMA №

20__ y. ________________ 




“__” ____________










 
Manzil _________________________________________________________________
 telefon ________________
 E-mail _________________
 Mazkur dalolatnoma tuzildi ________________________________________________



(lavozim, F.I.O.)

quyidagi shaxslar ishtirokida _______________________________________________

________________________________________________________________________


(tovar qabul qiluvchining vakili (ekspeditor))

________________________________________________________________________
 ________________________________________________________________________
 Amaldagi ishonchnomaga asosan №___________ sana ______________________
 Jumladan: _______________________________________________________________
 vaqt___________ soat ___ min. “__” ______________ y.
 tovarning kuzatuv hujjati nomeri ___________________ _______________________.
 Tovar kelgan vaqt _________________________________________________________
 Nazoratdagi tovar nomi ____________________________________________________
 Miqdori _______ joy (bosh) ________ og‘irligi _______________
 Veterinariya sertifikati/veterinariya guvohnomasi, sifat sertifikati
 (xavfsizligi) № _____________________ 20__ yil “___” ________________________
 Berildi: ________________________________________________________________ 

(eksport qiluvchi davlat, tashkilot, lavozimi, F.I.O.)

Jo‘natgan joy(davlat): _____________________________________________________
 Jo‘natuvchi: ______________________________________________________________
 Quyidagi manzilga: ________________________________________________________


(nazoratdagi tovar egasining nomi, manzili, nazoratdagi tovarni qayta ishlash yoki saqlash, karantin va h. k.)

Aniqlandi: ______________________________________________________________

(nazoratdagi tovarlarn tashishda veterinariya-sanitariya qoidalari
 va normalari asosida)

________________________________________________________________________
 O‘zbekiston Respublikasining veterinariya sohasiga oid qonun hujjatlariga asosan qaror qabul qilindi: ______________________________________________________
 Davlat veterinariya organi bo‘linmasi vakili: __________________________________
 ________________________________________________________________________
 (lavozimi, F.I.O.)
 Mansabdor shaxslar ishtirokida: _____________________________________________




(lavozimi, F.I.O.)

Tovar egasining vakili yoki (tovar egasi):
 ________________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

Dalolatnoma uch nusxada tuzildi.






Veterinariya vrachi va dalolatnoma tuzish uchun asos bo‘lgan vaziyatni tasdiqlashda ishtirok etgan shaxslar (kamida ikki nafar) tomonidan imzolanadi.

M.O‘./shtamp







Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son qaroriga
 5-ILOVA 

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik faoliyati doirasidagi ruxsat tusidagi hujjatlar ro‘yxatida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-yil 8-son, 55-modda):

1. 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

26.

Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi bo‘yicha veterinariya-sanitariya xulosasi

Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari

”.

2. 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin;

29.

Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni import, eksport qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsat berish

Eksport uchun veterinariya hujjatlari ilovalarini rasmiylashtirish (veterinariya sertifikati) import qiluvchi davlat talabiga ko‘ra import uchun veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish (veterinariya guvohnomasi) davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarning veterinariya sertifikati va tranzit ruxsatnomasi mavjud bo‘lganda

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi

”.

3. 165-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

165.

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi bo‘yicha veterinariya-sanitariya xulosasi

Hayvonlarni ixtisoslashgan so‘yish korxonalarida so‘yish

Tuman yoki shahar davlat veterinariya bo‘limlari

”.

4. 213-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

213.

Mahalliy va import qilinuvchi veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi

Veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish, sotish, qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilish

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi

”.


   (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 11-son, 166-modda, 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 12.05.2020-y., 09/20/277/0573-son, 13.05.2020-y., 09/20/281/0576-son)