❗️Chorvachilik xo’jaliklariga subsidiya ajratiladi


Hukumat qarori (52-son, 26.01.2024 y.) bilan “Chorvachilik xo’jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo’y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to’g’risida”gi nizom tasdiqlandi.
  

🔰 Nizomga ko’ra, chorvachilik xo’jaliklariga 2025 yil 31 dekabrgacha davlat tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln so’m, nasldor qo’y va echkining har bir boshiga 400 ming so’m miqdorda subsidiya ajratiladi.
  

📝 Subsidiya oluvchi xorijiy davlatdan nasldor qoramolni olib kelgandan so’ng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali murojaat qiladi.
  

🔘Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilanadi:

➖хорижий давлатлардан импорт қилинган наслдор қорамол, қўй ва эчкининг келиб чиқишини тасдиқловчи ҳужжат нусхаси;

➖хорижий давлатлардан импорт қилинган наслдор қорамол, қўй ва эчкини сотиб олиш бўйича тузилган олди-сотди шартномаси ва тўлов топшириқномаси нусхаси;

➖божхона юк декларацияси нусхаси;

➖хорижий давлатлардан импорт қилинган наслдор қорамол, қўй ва эчкиларнинг электрон идентификация базага киритилганлиги.

🚫 Субсидия олувчининг аризасини кўриб чиқиш учун тўловлар ундирилмайди.

✅ Субсидия маблағи субсидия олувчининг тижорат банкидаги асосий ҳисобварағига ўтказиб берилади.
https://lex.uz/pdfs/6780922​​​