📌Qo’mita raisi Xorazm viloyati tashrifi davomida chorvachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi raisi Bahrom Norqobilov davlatimiz rahbarining  2023 yil 24 avgustdagi “Chorvachilikda identifikasiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 285 - son qaror ijrosi bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatida  tashkil etilayotgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan klasterining bugungi kundagi axvolini o’rganish va tanishish maqsadida fermer xo’jaligiga tashrif buyurdi.
 
 Tashrif davomida, Qo’mita raisi chorvachilik yo’nalishidagi “Azizbek Rayimboyev” fermer xo’jaligi raxbari Ollamov Reyimboyga mavjud sigir va ko’payish yoshidagi tanalarni 100 foiz suniy urug’lantirish, naslchilik ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish,  mustahkam ozuqa bazasini yaratish, buning uchun mavjud ekin yer maydonlariga faqat yem-xashak ekinlarini ekish, chorva mollarini asrash va saqlash, qoramollarni rasion asosida to’g’ri oziqlantirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.
 
 Shuningdek, Qo’mita raisi fermer xo’jaligida yangidan tashkil qilinayotgan chorvachilik klasterida 2024 yil oktyabr oyigacha chet davlatlardan 300 bosh naslli qoramollarni olib kelish, yillik quvvati 380 tonnaga mo’ljallangan sutni qayta ishlash sexini tashkil qilish va yil yakunigacha 200 boshga mo’ljallangan qoramollarni so’yish qushxonasini ishga tushirish bo’yicha topshiriqlarni berdi