O’ZBEKISTONDA ILK MAROTABA “IN VIVO” TRANSPLANTASIYaSI TAJRIBASI O’TKAZILDI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilikda identifikasiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi huzuridagi “O’znaslchilik” davlat korxonasi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazida O’zbekistonda ilk marotaba qoramollar embrionini “in vivo” transplantasiyasi tajribasi o’tkazildi.
  Qoramollarda “in vivo” embrion transplantasiyasi usuli yuqori mahsuldor sigirlardagi yetilgan embrionlar (tirik organizmdan tirik organizmga) avvaldan tayyorlab olingan resipiyent sigirlarga ko’chirib o’tkaziladi. Bu usulda, oddiy jinsiy sikl davomida hosil bo’ladigan bir-ikki tuxum hujayra o’rniga bir necha o’n marta ko’proq tuxum hujayra hosil qilish uchun donor sigirlarda gormonlar yordamda superovulyasiya qilinib, ularni tanlab olingan  yuqori nasldor buqa urug’i bilan urug’lantiriladi, hamda sigir bachadonida 7-8 kunlik yoshdagi embrion alohida texnologiya asosda yuvib olinadi va fiziologik jihatdan yaxshi bo’lgan resepiyent sigirlar bachadoniga (sun’iy ravishda – inson omili asosida) joylashtiriladi.