O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH QO’MITASI RAISINING BAYRAM TABRIGI!
Hurmatli yurtdoshlar, soha fidoyilari!
Ayni paytlarda bahor va yangilanish ramzi bo’lgan – Navro’zi olam qarshisida turibmiz. Hamyurtlarimiz, qardosh ellar mazkur bahor bayramini o’zgacha shavqu zavq bilan kutib olishi shubhasiz. Negaki, ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ziynati bo’lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram qalblarimizga cheksiz quvonch va zavq bag’ishlaydi.
Mana shunday fayzli ayyomda barcha yurtdoshlarimizga, sohada jonkuyarlik bilan mehnat qilayotgan aziz vatandoshlarimizga yuksak hurmat va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida veterinariya va chorvachilik tarmoqlarida olib borilayotgan o’zgarishlar, islohotlarning mazmun-mohiyati va ijrosini ta’minlashda barchangizning munosib hissangiz bor.
O’ylaymanki, respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash, xalqimizga sifatli, arzon chorva mahsulotlari yetkazib berish, soddaroq qilib aytganda, elimiz dasturxonini obod qilish Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi zimmasidagi ulkan mas’uliyatdir.
Bu borada mamlkatimizning barcha chorvachilik subyektlarida mahsulot yetishtirish va qayta ishlash bo’yicha ishlar qizg’in olib borilayotganligini, xalqimiz go’sht va sut mahsulotlari bo’yicha taqchillik sezmasligini alohida ta’kidlamoqchiman.
Aziz vatandoshlar!
Fursatdan foydalanib, barchangizni, jumladan yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha veterinar va chorvadorlarni ko’klamning qutlug’ kuni — Navro’z bayrami bilan samimiy qutlayman!
Sizlarga sog’lik-salomatlik, baxtu-saodat, xonadoningizga fayzu baraka va ishingizda muvaffaqiyatlar tilayman!
Muborak Navro’zi olamning qadami qutlug’ bo’lsin, xayrli ishlarimiz baroridan kelsin!
Bahrom NORQOBILOV,
Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish qo’mitasi raisi